Jihatlari va ahamiyati


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 55,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü55,84 Kb.
#196325
1   2   3   4   5
ta-limda-raqamli-texnologiyalardan-foydalanishning-dolzarb-jihatlari-va-ahamiyati

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Yuqorida ta‟kidlagan maqsadlarimizga qay darajada erishilganligi jamiyatda ta‟limning 
izchilligini ta‟minlash, sohaga innavatsion texnologiyalar hamda milliy va xalqaro pedagogik 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
309 
tajribalarni qo„llash orqali yoshlarimizda teran fasafiy tafakkur, ilmiy mushohadalarga 
chorlovchi g„oyalar asosida mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladigan 
shart-sharoitlarni yaratib berilganligi bilan bog„liqdir. Buning uchun, ta‟lim tizimida o„zaro 
aloqadorlik, integratsiyani ta‟minlash va tizimining barcha sohalarida nazariy hamda amaliy 
ahamiyat kasb etadigan jarayonlarga yanada kengroq e‟tibor qaratish lozim bo„ladi.
Darhaqiqat, mustahkam va sifatli zamonaviy ta‟lim — bu barqaror iqtisodiy o„sish, fan, 
texnika va texnologiyalarning rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini ta‟minlashning garovi bo„lib 
kelgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta‟limga davlat siyosatining ustuvor 
yo„nalishlaridan biri sifatida e‟tibor qaratish kundan-kun kuchayib bormoqda. Ayniqsa, bugungi 
kunda ta‟lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sohani rivojlantirish davlatimiz 
siyosatining bosh maqsadi sifatida qaralmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta‟lim tizimini yangilash va takomillashtirishga 
qaratilgan izchil islohotlar olib borilayotgan ekan, bunday islohotlar zamirida rivojlanayotgan 
ta‟limning oldiga ham muhim vazifalarni yuklash taabiiy albatda. Bu borada pedagog olim 
M.M.Xolmuxammedov o„zining “Professional ta‟lim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida 
modernizatsiya qilish” mavzusidagi maqolasida: “Tizim o„z oldiga hududlar va sohalar kesimida 
iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qo„sha oladigan o„rta bo„g„in kadrlarini tayyorlash, 
yoshlarni malakali mehnat orqali o„z hayot farovonligini ta‟minlashga o„rgatish, o„z mehnat 
faoliyatiga innovatsion va keriativ yondashish, yaratuvchanlik, intelektual, ma‟naviy potensialni 
rivojlantirish kabi vazifalarni qo„yadi”,-deb yozadi[1].
Pedagog olim M.M.Xolmuxammedov tomonidan ilgari surilgan yuqoridagi vazifalarga 
tayangan xolda, ta‟lim tizimining asosiy maqsadlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. 
Darhaqiqat, bugungi Yangi O„zbekiston sharoitida ta‟lim tizimining asosiy vazifalari mazmunan 
boyib borishi, ijtimoiy vazifalarining takomillashib borishi taabiiy xolatdir. Ana shunday 
ijtimoiy vazifalardan biri, ta‟limda raqamli texnologiyalarni qo„llash va ulardan foydalanish 
bo„yicha o„quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishning barcha komponentlarini o„zida 
mujassamlashtiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish, bugungi axborot asrida tizimining bosh 
maqsadini tashkil etmog„i zarur. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda bir qator 
qonun hujjatlari va davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilinib, amaliyotga joriy 
etilmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan: “…mamlakat taraqqiyoti uchun yangi 
tashabbus va g„oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo„lgan, 
intellektual va ma‟naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta‟lim tashkilotlari 
bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo„lishlari uchun ularda zarur ko„nikma va bilimlarni 
shakllantirish; 
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta‟lim tizimini 
yo„lga qo„yish, darslik va o„quv qo„llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, 
ularning yangi avlodini yaratish, o„quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; 
ta‟lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-
o„qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o„rni va maqomini oshirish, 
ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy 
rag„batlantirish;


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
310 
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib 
borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o„qish” 
tamoyili asosida takomillashtirib borish; 
ilmiy-tadqiqot va ta‟lim xizmatlarini ko„rsatish bo„yicha xususiy sektorning salmog„ini 
kengaytirish, hududlarda nodavlat ta‟lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini 
shakllantirish, ta‟lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish; 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo„llagan xolda ta‟limni 
boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron 
resurslar va masofaviy ta‟limni yanada rivojlantirish, ta‟lim oluvchilar o„rtasida IT-sohasidagi 
kasblarni ommalashtirish; 
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar 
ko„lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag„batlantirish, 
mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; 
ta‟lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta‟lim 
tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo„yicha tizimli ishlarni amalga oshirish”,[2] 
kabi O„zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada 
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari belgilab berildi. 

Yüklə 55,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin