2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari
- huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o'qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo'yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va ho'jalik ishlarini ko'rib chiqishda advokat o'rnini oshirish;
notariat va FHDYO organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sish
sur'atlarini saqlab qolish :
qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institusional o'zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganligini saqlangan holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo'naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
ilg'or xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pulkredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlash;