2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari
-byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyasiya sur'atlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma- bosqich oshirish;
yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta'minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta'minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish
-aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
-sog'liqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko'rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo'g'ini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sog'lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish: (davomi)
pensionerlar, nogironlar, yolg'iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to'laqonli hayot faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiyijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz o'sishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi kasallanish ko'rsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini ta'minlash.