2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash;
fuqarolarining hususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
2.3. Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvining prosessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instantsiyalarni qisqartirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish :
- jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
-korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora- tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish.