5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat —
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga
muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui.
(5-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O„RQ-212-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda) 6-modda. Ichki nazorat Oldingi tahrirga qarang. Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning
maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka
talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash
mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi,
litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli
davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus
vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur
qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi.
(6-modda matni O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O„RQ-212-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda) Oldingi tahrirga qarang.