va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilikda
belgilangan muddatlar mobaynida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan
yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil
mobaynida saqlashlari shart.
(21-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
LexUZ sharhi
Qo„shimcha ma‟lumot uchun qarang: O„zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi
O„RQ-252-son “Arxiv ishi to„g„risida”gi Qonunining
23, 24-moddalari
.
V. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Oldingi
tahrirga qarang.
22-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
(22-moddaning nomi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi
hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo„shimcha ma‟lumot uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi
konvensiyasi
va Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to„g„risidagi Xalqaro konvensiyasiga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi zarur axborot taqdim etish to‘g‘risida chet
davlatlarning vakolatli organlariga so‘rovlar yuborish va chet davlatlar vakolatli
organlarining so‘rovlariga javob qaytarish huquqiga ega.
(22-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O„RQ-212-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Dostları ilə paylaş: