mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam yangilab
borishi;
mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi
hamda ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni
legallashtirish,
terrorizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha
o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini ko‘rishi, ushbu
tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni
kamaytirish yuzasidan
choralar ko‘rishi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil
15-yanvardagi O„RQ-516-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi,
16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati
bo‘lmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni,
operatsiyani amalga oshirishni, amaliy
munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi,
shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni maxsus vakolatli davlat
organiga
yuborishi;
shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga
oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi
bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda
yuborishi;
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok
etishda gumon qilinayotgan
shaxslar ro‘yxati bilan solishtirishi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok
etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan
shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib
turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul
mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha
operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul
mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishi, shuningdek
shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi
shart.
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok
etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan
shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini
yoki boshqa mol-
mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-
mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
belgilanadi.
(15-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O„RQ-405-
sonli
Qonuni
tahririda — O„R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Dostları ilə paylaş: