Differensiyalashtirilgan marketing deganda, ham m a xaridor
lar uchun m o ‘ljallanib, lekin har xil xususiyatga ega bo‘agan, bir
necha xil m ahsulotlarning ishlab chiqarilishi va marketingi bilan
tavsiflanadigan marketing turi tushuniladi. M asalan, hozirgi
kunda “C oca-cola” kompaniyasi har xil qadoqlangan bir necha
turdagi spirtsiz, gazlashtirilgan ichimliklar ishlab chiqarm oqda.
M aqsadli marketing — marketingning shunday turiki, bunda
mahsulotlar m a’lum bir bozor segmenti uchun ishlab chiqariladi
va ularning marketingi ana shu bozor segmentiga m o ‘ljallab
tashkil etiladi. Shuningdek, marketingning turi talabning holatiga
qarab ham har xil b o ‘ladi.
0 ‘zgartiruvchi (konversion) marketing — iste’m olchilarning
talabi salbiy bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Uning maqsadi iste’
molchilarning salbiy munosabatini ijobiy tom onga o ‘zgartirish-
dan iboratdir. M asalan, tamaki firm alari tarkibida nisbatan kan-
serogen m oddalari kam bo‘Igan sigaretalar ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish va reklama tadbirlarini kuchaytirish yo‘li bilan
iste’m olchilarni jalb qilishga harakat qiladilar.
Rag‘batlantiruvchi marketingdan tovar va xizmatlarga talab
bo'lm ay qolgan hollarda q o ‘llaniladi. Rag‘batlantiruvchi m ar
ketingning asosiy instrum enti — narxlarni keskin pasaytirish, rekla-
mani kuchaytirish va tovarni siljitishning samarali uslublaridan
foydalanishdir.
Rivojlantiruvchi marketing tovarlarga yashirin talablar mavjud
bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. Masalan, zararsiz sigaretalar va
yoqilg‘ini tejaydigan avtomobillarga bo'lgan talabni yashirin
talabga kiritish mum kin. Bunda rivojlantiruvchi m arketingning
asosiy instrum enti b o ‘lib, o ‘zgargan talabga mos yangi tovar ishlab
chiqarish, reklam adan foydalanish, aniq iste’m olchilar guruhiga
m o‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish va hokazolar hisoblanadi.