Urganch davlat pedagogika institutiAniq va amaliy fanlar fakultetiJismoniy madaniyat yo'nalishi 231-guruh talabasi Qoʻchqorov Nabijonning Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Reja:
Jismoniy madaniyat nazariyasini manbalari.
Jismoniy madaniyat nazariyasining rivojlanish davrlari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Jismoiiy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy madaniyatning ijtimoiy mohiyati.
5.Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi.
6. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi.
6. Jismoniy madaniyatning maqsadi va vazifasi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yunaltirilgan o`quv predmeta sifatida jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish va boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy madaniyatga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida inson jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy madaniyati shakllari va uning uslubiyati haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy zaruriy harakat malakalari va kunikmalari zaxirasini oshiradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot maxlumotlari jnsmoniy madaniyat nazariyasini pedagogika fanlari erishgan muvaffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini tashqil etuvchi eng umumiy qonunlardan, prinsiplar va qoidalardan foidalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, prinsiplar va qoidalar mos keladi va o`ziga xos ma`no kasb etadi.
O`quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a`zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkunligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo`ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mum kinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy ama liyetda yo`qo ri samara berishi isbotlandi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining mazmuni kuydagi larni o`z ichiga oladi:
- jismoniy madaniyat jamiyat maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida madaniyatning boshqa shakllari bilan bog`liqligi;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamonlari;
- jismoniy madaniyatning vositalari, metodik prinsiplari;
- harakatga urgatish, o`qitishning uslublari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o`qitish jarayonining to`zilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarini tashkyal lashning shakllari;
- jismoniy madaniyat jarayonipi rejalashtirish va uning xisoboti;
- jismoniy madaniyat uslubiyatining xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidags bolalar jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy madaniyatni umumiy qonuniyatlari jismoniy madaniyat nazariyasining u r g a n i sh predmeti xisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, axolining har qanday tabaqa sini: bolalar, o`smirlar, yoshlar, o`rta yoshdagilar, kattalar va kariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy madaniyatsining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashqari jismoniy madaniyat uslubiyati jismoniy madaniyatni ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o`rganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayyor garligi» metodikasi, «Sport tayyorgarligi» metodikasi deb aniq yunalishdagi metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida o`zlarining xususiy uslublari mavjud. Uslublarning turli-tumanligi shug`ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubliligiga, ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatsi metodikasi, aspar jismoniy madaniyatsi metodikasi va x.k.)ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport uyinlari, gimnastika va x.k.larni o`qitish metodikasi) alohida mustakil ajratilgan ilmiy va o`quv fanlari tarzida shakllangan. Jiyemoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, o`rganish predmetlari xarakteriga ko`ra pedago gika fanlari tizimidagi fan sifatida o`z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar xisobiga tuldiradi.
Dostları ilə paylaş: |