O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
JISMONIY MADANIYaT
yo’nalishi
1 - bosqich 22.24-A guruh talabasi
FOZILJONOV SARDORBEKning
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA
METODIKASI
Fanidan
Mustaqil ishi
Jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish
Reja:
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti.
2. Jismoniy madaniyat tizimi
3. Jismoniy madaniyatning boshqa yo`nalishlar bilan bog`liqligi
I. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka
yunaltirilgan o`quv predmeta sifatida jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun
fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish va
boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy madaniyatga oid
mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida inson
jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy madaniyatsi shakllari va uning
uslubiyati xakidagi amaliy, naza riy bilimlarni beradi, hayotiy zaruriy harakat
malakalari va kunikmalari zaxirasini oshiradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uning amaliyoti xamisha rivojlanishda va
mukammalashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot maxlumotlari jnsmoniy
madaniyat nazariyasini pedagogika fanlari erishgan muvaffakiyatlarga tayanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi har kanday holatda ilmiy
pedagogikaning negizini tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, prinsiplar va
qoidalardan foidalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun xam bu
qonunlar, prinsiplar va qoidalar mos keladi va o`ziga xos ma`no kasb etadi.
O`quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a`zolarining
jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkunligi xakidagi nazariy fikrning vujudga
kelishi va unga intilish sabab buldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini
boshqarish mum kinligi xakidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy ama
liyetda yuko ri samara berishi isbotlandi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining mazmuni kuydagi larni
o`z ichiga oladi:
- jismoniy madaniyat jamiyat maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida
madaniyatning ooshka shakllari bilan bog`liqligi;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamonlari;
- jismoniy madaniyatning vositalari, metodik prinsiplari;
- harakatga urgatish, o`qitishning uslublari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o`qitish jarayonining to`zilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarini tashkyal lashning
shakllari;
- jismoniy madaniyat jarayonipi rejalashtirish va uning xisoboti;
- jismoniy madaniyat uslubiyatining xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidags bolalar jismoniy tarbnyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakterstikasi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy madaniyatni umumiy qonuniyatlari
jismoniy madaniyat nazariyasining u r g a n i sh predmeti xisoblanadi. Umumiy
qonuniyatlar deganda, axolining har kanday tabaka sini: bolalar, o`smirlar, yoshlar,
o`rta yoshdagilar, kattalar va kariyalar xamda jismoniy mashqlar bilan
shug`ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy
madaniyatsining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashkari jismoniy madaniyat uslubiyati jismoniy madaniyatni ajratib
olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini xam o`rganish predmeti qilib belgilaydi va
pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy va
kasb maxsus jismoniy tayyor garligi» metodikasi, «Sport tayyorgarligi» metodikasi
deb aniq yunalishdagi metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har
birini ichida o`zlarining xususiy uslublari mavjud. Uslublarning turli-tumanligi
shug`ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubliligiga, ularning yoshi,
jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi
bolalar jismoniy madaniyatsi metodikasi, aspar jismoniy madaniyatsi metodikasi
va x.k.)ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport uyinlari, gimnastika
va x.k.larni o`qitish metodikasi) alohida mustakil ajratilgan ilmiy va o`quv fanlari
tarzida shakllangan. Jiyemoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni
yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan kurollantiradi, o`rganish predmetlari
xarakteriga kura pedago gika fanlari tizimidagi fan sifatida o`z qoidalarini ijtimoiy,
psixologik va biologik faktorlar hisobiga to`ldiradi.
1.1Jismoniy madaniyat nazariyasini manbalari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishi uchun kuidagilar
asosiy manba xisoblanadi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yullari va
hozirgi payitdagi axvoli, xakidagi xukumat karorlari, qonunlari;
- jamiyatining rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish
xakidagi progressiv ta`limotlar. Bu ta`li motlar insonning har tomonlama
rivojlanishi xukukinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini
ochishga urinish xamda shu goyalarni amalga oshirish yullarini nazariy, amaliy
jixatdan asoslashdan iboratdir;
- jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati soxasi buyicha olib borilgan va olib
borilayetgan ilmiy izlaiishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy madaniyatga
oid tuplagan nazariy, amaliy bilimlar tizimi;
-ijtimoiy turmush tarzining hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori
jismoniy tayyorgarlikka ega bulgan kishilarga talabi – jamiyat a`zolarining
jismoniy madaniyat qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti
tizimini to`zish va uni boshqarishga intilishni vujudga kelishi;
- jismoniy madaniyat tizimi mavjud jamiyat ma`naviyatining bir bulgan
xisoblangan jismoniy madaniyat konsepsiyalari;
-jismoniy madaniyat praktikasi manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini
tekshiradi, amaliyotdagi tugilgan original goyalardan foydalanadi va ular esa
madaniyat nazariyasi va metodikasini boyitadi.
-arxiv materiallari, shaxsiy ko`zatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning
murabbiylarining rejalari, musobaka bayennomalari, konspektlar, ma`ro`za
matnlari va x.k.lar) jismoniy madaniyat nazariyasini boyitadi va unga manba bo`lib
xizmat kiladi .
1.2. Jismoniy madaniyat nazariyasining rivojlanish davrlari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishi bir necha
davrlarni o`z ichiga oladi.
Birinchi davr - inson o`zining ijtimoiy faoliyati davomida harakat-faoliyatini
organizmga ta`siri xakidagi eng dastlabki (emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I.
1975). Eng dastlabki emperik bilimlarning tuplanishi "mashqlanganlik"ning
foydasini sezib, ma`nosiga yetish va tajribasini o`zatish usullarini anglashga imkon
yaratdi. Bu "jismoniy mashqlar"ning va "jismoniy madaniyat"ning paydo bulishi
uchui sharoit yaratilishida omil bo`lib xizmat kildi.
Ikkinchi davr- jismoniy madaniyat jarayonida kullanila boshlagan birinchi
uslubiyatlarning yaratilishi – kadimgi YUnonistonda kuldorlik davlati davrini va
O`rta asrni o`z ichiga oladi (G.D. Harabuga, 1974). Jismoniy madaniyatdagi bu
uslublar, tajribalar orqali vujudga keltirilgan bo`lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar
odam organizmi faoliyati qonuniyatlarini xali bilmasligi sababli jismoniy mashqlar
ta`siri mexanizmini tushuntira olmas, shunga kura jismoniy mashqlar bilan
shug`ullanishning foydasini tashki natijalarga qarab baxolardilar. YUnonistonning
jismoniy madaniyat uslubiyati aytarli darajada ma`lum edi. U mavjud vositalar va
uslubiyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojdantirish uchun
ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edilar.
O`rta asrning o`rtalarida uslubiyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, so`zish,
uyinlar, kamon otish, otda chopish, kilichbozlik buyicha dastlabki kullanmalar
paydo buldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino. Abu Rayxon
Beruiiylarning tan madaniyatsiga oid ilmiy dunekarashlari vujudga keldi
(Usmonxujayev T.N. 1995).
Uchinchi davr - jismoniy madaniyat xakidagi nazariy bilimlarni intensiv
tuplanishi Uygonish davridan XIX asrning oxirigacha bulgan davrni o`z ichiga
oladi. Inson madaniyatsi, uni o`qitish, davolash xakidagi fanning rivojlanishi
filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy madaniyat muammolariga e`tibor kila
boshlashlari davri, jismoniy madaniyatning moxiyati xakidagi falsafiy, pedagogik
va tibbiy ma`lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu
ma`lumotlar xali turlicha edi, chunki ko`pincha usha davrda mustakilrok sanalgan
filosofiya, peda gogika, meditsina, fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yul-yulakay,
ammo zarur bulgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko`pincha o`z
muammolarini jismoniy madaniyatning rolini xisobga olmay xal qilish mumkin
emasligini tushuna boshladilar. YAngilanish davridayek pedagog-gumanistlar va
xayeliy sotsialistlar jismoniy madaniyatsa bir butun tar biyaning majburiy
qismilardan biri deb karay boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I. G. Pestalotssi tomoni dan
(1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlantirish uchun to`zilgan jismoniy
mashqlar tizimini yaratishdagi buginlar(sustavnaya) gimnastikasi umumiy
pedagogika nazariyasi ichida alohida urinni egallaydi.
Madaniyatning mazmuni ochildi va unda jismoniy madaniyatning urin
aniqlandi xamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yullari belgilandi.
Aynan shu davrda jismoniy madaniyat nazariyasiga asos solindi deb xisobga
olinib, shu soxa buyicha ilmiy farazlar va bilimlar tuplanishi orqali mustakil fan
sifatida ajralib chikdi.
Turtinchi davr - XIX asrning oxiridan ilmiy va o`quv fani sifatida jismoniy
madaniyatning nazariyasi va metodikasi shakllana bordi. Bu davrning xarakterli
tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy madaniyat jamiyat hayotining boshqa
jabxalariga xam ta`sir kursata boshladi. Jismoniy madaniyat soxasi nazariyasi
olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o`zining tarix, anatomiya,
pedagogika, antropologiya, jismoniy madaniyat metodikasiga oid asarlari bilan
hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi mustakil ilmiy -
nazariy va o`quv fani (predmeti) ekanligini ilmiy-amaliy isbotladi.
Byoshinchi davr- rivojlangan mamalakatlar va sobik shurolar davlati
olimlarining izlanishlari davri bo`lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik
dialektikaga asoslangan xolda usha davrda progressiv xisoblangan metodlarga
tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy madaniyat muammolarini kompleksli xal etishda butun bir olimlar
jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o`quv muassasalari samarali mehnat
kildilar. Amaliy materiallarning mulligi, yangi konu niyatlarning ochilishi,
dastlabki
yagona
jismoniy
madaniyat
nazariyasi
va
metodikasining
differensiyalanishiga olib keldi. YAngi maxsus fanlar "Jismoniy madaniyatni
tashkillash va boshqarish", "Jismoniy mashqlar biomexanikasi", "Sport
psixologiyasi", "Sport metrologiyasi", "Sport fiziologiyasi", "Davolash jismoniy
madaniyatsi", "Jismoniy mashqlar gigiyenasi" va boshqalar ajralib chikdi.
YUqoridagi fanlarning ayrim soxalari qator aralash fanlarning bilimlaridan keng
foydalanish lozimligini kursatdi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi
muammosi - bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo`lib kolmay,
ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy madaniyat
nazariyasi va metodikasi kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy
psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarisiz tula izoxlab,
isbotlab bulmaydi.
Dostları ilə paylaş: |