«jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


I.BOB. Talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarini tashkil etish shakllari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix02.02.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#51999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarining axamiyati.

I.BOB. Talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarini tashkil etish shakllari. 

1.1.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ta'lim uslublarining ahamiyati. 

Talabalar  Jismoniy  tarbiya  amaliyotida  ta'limning  ko`plab  turli  uslublari  va 

uslubiy shakllari qo`llaniladi.  

Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin: 

a) og`zaki;  

b) ko`rgazmali;  

v) amaliy.  

Og`zakilik  uslubi  jismoniy  tarbiya  jarayonida  mashqlarni  tushuntirish, 

mashqlarni  o`zlashtirish  bo`yicha  suhbatlar,  munozaralar,  muhokamalar  hamda 

tahlil  etish  shaklida  bo`ladi.  Tushuntirish  uslubi  nisbatan  ko‘proq  qo`llaniladi.  U 




 

mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. 



Tushuntirish uslubida qiyoslash, taqlid qilishni ko`p qo`llash mumkin. Tushuntirish 

davomida  talabalar  ham  mashqlar  va  harakatlarga  oid  bo`lgan  yangi  so`zlarni 

o`rganib  boradilar.  Qiyin  mashqlarni  tushuntirishda  esa  talabalar  diqqatini  asosiy 

maqsadga yo`naltirish kerak. Ko`rinib turibdiki, tushuntirish og`zakilik uslubining 

asosiy  shakli  hisoblanadi  va  talabalarga  o`rganiladigan  material  haqida  to`la 

tasavvur beradi.  

Suhbat  savol-javob  shaklida  o`tkaziladi.  O`qituvchi  yo`llovchi  savollar 

yordamida materialni o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda o`z 

fikrlarini  aytish  istagini  qo`zg`aydi.  Suhbat  o`qituvchi  va  talabalar  o`rtasidagi 

muammolarning qulay shakli bo`lib, o`rganiladigan o`quv materialini o`tilgan o`quv 

materiali  bilan  bog`lash  va  uni  talabalar  tushunishlari  darajasini  aniqlash  ular 

diqqatini  faollashtirish  uchun  foydalaniladi.  Suhbat  doimo  o`z  mavzusiga 

yo`naltirilgan qiziqarli bo`lishi kerak.  

Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi hisoblanadi. 

Buning  asosida  o`qituvchi  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlarida  buyruq  berib 

talabalarni  boshqarish  masalalarini  hal  etadi.  Buyruq  va  qarorlardan  talabalar 

jismoniy  mashqlarni  bajarayotganlarida  va  darsni  o`tish  jarayonida  o`qituvchi 

rahbarlik  qilish  uchun  buyruq  va  qarorlaridan  foydalanadi.  Buyruq  usullari 

talabalarda  harakatlarni  bajarishga  bo`ladigan  ta'sir  sifatida  shakllanadi. 

o`qituvchining buyruqlari aniq, lo`nda va qisqa bo`lishi kerak. Shuningdek ohangli 

darajada bajarilishi kerak.  

Ko`rsatmalar  ta’lim  muassasalarining  guruxlarida  mashqlarni  bajarishda 

qo`llaniladi. Ko`rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaga tegishli bo`lishi mumkin. 

Jismoniy  tarbiyaninig  og`zakilik  uslubidan  yana  bir  shakli  ko`rsatma  va 

tavsiyalardir. Ular  jismoniy  mashqlar  texnikasini  egallash, xatolarni bartaraf etish 

hamda yangi mashqlarni o`zlashtirish davomida berib boriladi. 

Mashqni  amalda  bajarib  ko`rsatish  usuli  jismoniy  tarbiya  jarayonida  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ta'lim  uslublari  ichida  eng  tushunarlisi  ko`rsatish  uslubi 

hisoblanadi.  Ko`rgazmali  uslublarda  mashqlarni  ko`rsatish  yetakchi  o`rinni 



 

egallaydi. Umuman ko`rgazmalilikni qo`llanish, xususan ko`rsatish kichik yoshdagi 



talabalarni  o`qitishda  zarurdir.  Ko`rsatish  juda  samarali  bo`lish  uchun  talabalarni 

yaxshi  uyushtirish  va  ular  kuzata  olishlari  uchun  sharoit  yaratish  lozim.  Mashq 

talabalarga  yaxshi  ko`rinadigan  joyda,  bajarilib  ko`rsatilish  kerak.  Mashqlarni 

namoyish etishda o`qituvchi faol sportchi talabalardan foydalanish mumkin. Bu usul 

talabalarga ijobiy ta'sir etadi. O`z o`rtog`i mashqni bajarganligini ko`rib talabalarda 

ishonch hosil bo`ladi. Avval talabalarni mashq namoyishini diqqat bilan kuzatishga 

jalb etish kerak. Mashqlarni bir necha marotaba takrorlab ko`rsatish zarur. Birinchi 

ko`rsatishda mashq to`g`risida umumiy tasavvur berish kerak. Talabalalar mashqni 

o`rganish davomida qismlarga bo`lib bajarish, va bunda o`qituvchi xatolarni tuzatib 

borish kerak. Mashqni namoyish qilish jarayoni doimo tushuntirish bilan birga olib 

boriladi. O`rganiladigan jismoniy mashq o`qituvchi va talabalar tomonidan amalda 

bajarilishi kerak, shundagina talabalarda harakat to`g`risida malaka va ko`nikmalar 

shakllanadi.  Bu  malaka  va  ko`nikmalarni  shakllanishi  darajasi  o`qituvchini  shu 

harakatni o`zi bilishi, amalda bajara olishi hamda uni o`rgatish mahoratiga bog`liq. 

Mashqni amalda bajarish uslublari quyidagi variantlarda bo`lishi mumkin.  

Mashq namoyish qilinadi so`ng tushuntiriladi. 

Mashq tushuntiriladi va namoyish qilinadi.  

Mashq namoyishi tushuntirish bilan birga bajariladi. 

Amaliy  uslubda  talabalar  har  bir  harakatni  amalda  bajaradilar,  ko`rsatadilar, 

takrorlaydilar.  Ta'limning  asosiy  vazifasi  shug`ullanuvchilarda  mustahkam 

harakatlanish  ko`nikmalarini  shakllantirishdan  iborat. Bu  vazifani hal  etish  uchun 

o`rganiladigan  harakatlarni  ko`p  martalab  takrorlash  zarur.  O`rganiladigan 

harakatlarni rejali ravishda mashq qilish talabalarga jismoniy tayyorgarlikning eng 

yuqori  natijalariga  erishishlarda  yordam  beradi,  ularni  sog`lom  qiladi,  bilimini 

oshiradi.  Musobaqa  va  o`yinlar  ham  jismoniy  mashqlarni  takomillashtirish  uslubi 

sifatida  talabalarda  bir  qadar  malaka  hosil  bo`lganidan  keyingina  qo`llaniladi. 

Musobaqada o`quv materialini o`tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki 

ayrim talabalar aniqlanadi. 




 

Ko`rgazmali  qurollardan  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  davomida,  rasm, 



jadval,  devoriy  gazeta,  maket  hamda  o`qitishning  texnik  vositalari,  kino  va 

videofilm  kabilardan  foydalanish  ham  ta'lim  tarbiya  jarayonini  samaradorligini 

oshirishga  katta  hissa  qo`shadi.  Harakatlar  haqida  to`g`ri  tasavvur  hosil  qildirish 

uchun  ko`pincha  ko`rgazmali  qurollardan  foydalaniladi.  Ko`rgazmali  qurollar 

suratlar, jadvallar, rasmlar, fotosuratlarni darsda o`qituvchi rahbarligida yoki, agar 

ular  guruxda  yoki  zalda  osib  qo`yilsa,  darsdan  tashqari  vaqtda  mustaqil  ravishda 

ko`rib  chiqish  mumkin.  Ko`rgazmali  qurollarni  talabalar  o`zlari  tayyorlashi  ham 

mumkin.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  mo`ljalga  olish  uchun  moslamalardan 

foydalanish juda qulay bo`ladi. Buning uchun ma'lum bir balandlikka buyum yoki 

jism  o`rnatilib  shuni  mo`ljalga  olib  harakatlar  bajariladi.  To`pni  to`g`ri  otish, 

sakrash, to`pga tegish mashqlari shunday vaziyatda oson o`rganiladi.  

Hozirgi  zamonaviy  axborot  vositalari  takomillashgan davrda videofilmlardan 

o`quv  jarayonida  samarali  foydalanish  asosiy  o`rinni  egallamoqda.  Buning  uchun 

tajribali  murabbiylar  rahbarligida  o`tkaziladigan  dars,  trenirovka  mashg`ulotlari 

videotasmalarga  yozib  olinib  shu  mavzuga  oid  mashg`ulotlarda  namoyish  etilishi 

mumkin.  Shu  bilan  birga  sport  turlari  bo`yicha  musobaqalarning  video 

yozuvlarilaridan  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  jarayonida  samarali  foydalanish 

mumkin. Video yozuvlarning qulayligi har qanday vaziyatni tasmaga tushirish va 

kerakli  jarayonlarni  ko`p  marotaba  takror  va  sekinlashtirilgan  holda  ko`rish 

muhokama etish imkonini beradi.  




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin