«jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Talabalarni amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatishda uslubiy



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix02.02.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#51999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
talabalar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarining axamiyati.

1.2.Talabalarni amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatishda uslubiy 

tavsiyalar. 

Uslublar va uslubiy shakllar o`zaro chambarchas aloqadadir. O`qituvchi ularni 

turli ko`rinishlarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning to`la qonli jarayonini ta'minlaydi. 

Amaliy  uslublar:  jismoniy  tarbiya  jarayonida  talabalarni  mashqlarni  va 

jismoniy harakatlarni bajarib ko`rsatish ta'minlanishi kerak. Talabalar harakatlarni 

amalda  bajargandagina  ularni  muskullararo  tasavvurlar,  reflekslar  shakllanadi. 

O`rganiladigan  harakatlarni  munatazam  mashq  qilib  borish  talabalarni 

sog`lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish masalalarini hal etadi. Mashq uslublari 




 

amaliy  uslubning  shakli  hisoblanib,  dastlabki  jismoniy  tarbiya  jarayonida  turg`un 



sharoitda  mashqlar  bilan  shug`ullanish  ta'minlanadi.  So`ngra  esa  mashqlarni 

mustaqil shug`ullanishga ruxsat beriladi. Mashqlar bilan shug`ullanish uslubi ikki 

shaklda, umumiy, yaxlit holda mashqni o`rganish hamda qismlarga bo`lib o`rganish.  

Mashqlarga o`rgatishda dastlab uni umumiy  holda bajariladi. Keyin jismoniy 

mashqni  qismlarga  bo`lgan  holda  o`rganiladi.  Mashq  malaka  va  ko`nikmasi 

shakllangan  so`ng  yana  yaxlit  holda  bajarishga  erishiladi.  Yugurib  kelib  sakrash, 

uzunlikka uloqtirish va shunga yaxshash harakatlarda ham mashq qismlarga bo`lib 

o`rgatiladi va so`ngra yaxlit holda o`rgatiladi. Murakkab jismoniy mashqlarni tez va 

yaxshi o`zlashtirish uchun qismlarga bo`lib o`rganish muhim o`rin tutadi. Jismoniy 

mashqlarni bunday izchillikda o`rganish ta'lim samarasini orttiradi.  

Amaliy  uslublarda  musobaqa  va  o`yin  uslubi  ham  muhim  o`ringa  ega. 

Musobaqada  o`quv  materiallarini  yaxshi  o`zlashtirilgan  talabalar  va  guruhlar, 

jamoalar aniqlanadi. O`yinlar ham shunday vazifaga ega bo`ladi. Musobaqa va o`yin 

uslubi  jismoniy  mashqlar  o`rganishga  va  bajarishga  bollaarda  qiziqishni  orttiradi. 

Ular mashqlarni yaxshi bajarishga va natijalar, ko`rsatkichlarni oshirishga harakat 

qiladilar.  Shu  bilan  birga  organizmda  fiziologik,  biologik  va  ruhiy  o`zgarishlar 

musobaqa  va  o`yin  davrida  keskin  o`zgaradi.  Musobaqa  va  o`yinlar  talabalarni 

ahloqiy  sifatlarini  shakllantirish  va  tarbiyalashga  yordam  beradi.  Ularda 

jamoatchilik,  do`stlik,  hamkorlik,  tashabbuskorlik,  faollik,  vatanparvarlik  his-

tuyg`ulari rivojlanadi. Shunga qaramay musobaqa va o`yinlar davrida harakatlarni 

va  jismoniy  mashqlarni  aniq  bajarish  darajasi  pasayadi,  talabalarda  asabiy  va 

jismoniy charchash yuzaga keladi. Buni oldini olish uchun mashg`ulotlarni qiziqarli 

tashkil etish hamda talabalar jismoniy va hissiy charchashlarni oldini olish kerak.  

Xatolarni  tuzatish  uslubi  talabalar  jismoniy  harakatlar  va  jismoniy  mashqlar 

texnika taktikasini egallashda sodir qilayotgan xatolarni bartaraf etish tushuniladi. 

Har  bir  talaba  jismoniy  mashq  bajarish  jarayonida  xatolarga  yo`l  qo`yadilar.  Bu 

xatolarni  o`qituvchi  kuzatib  borishi,  aniqlashi,  tahlil  etishi  hamda  bartaraf  etish 

bo`yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar berish kerak. Shuning uchun o`qituvchi jismoniy 

mashqlarni o`rgatayotganda ularni bajarish texnikasi va unga qo`yiladigan talablarni 



10 

 

batafsil  tushuntirish  kerak.  Jismoniy  mashqni  bajarishda  sodir  bo`ladigan  xatoni 



oldindan aytish va unga e'tibor qaratish kerakligi qayd etiladi. Jismoniy mashqlarni 

bajarishdagi  xatolar  individual  holatda  tuzatiladi  va  xatoni  kelib  chiqish  sabalari 

talabalarga tushuntiriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda xatolar quyidagi hollarda 

sodir bo`ladi.  

Yetarli jismoniy tayyorgarlik bo`lmaganda 

Mashq texnikasini yaxshi o`zlashtirilmaganda 

Jihoz va buyumlarni nosozligida  

Talabalarni charchash yoki kasal holatida  

Xatolarni bartaraf etish uchun yuqorida ko`rsatilgan holatlarga e'tibor qaratish 

kerak. 


Talabalarga 

individual 

yondoshish: 

Talabalar 

bilan 

ishlashda 



o`qituvchilarning  o`z  talabalari  individual  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  katta 

ahamiyatga  ega,  chunki,  har  bir  guruxda  zukko  va  parishonxotir,  faol  va  sust: 

jismoniy  madaniyat  va  sportga  qiziquvchi  va  qiziqmaydigan  talabalar  bo`ladi. 

O`qituvchi har bir talabaning sog`ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini yaxshi 

bilish kerak. 

Har  bir  guruxda  o`z  guruxdoshlaridan  jismoniy  tayyorgarligiga  ko`ra  yaqqol 

ajralib  turadigan  talabalari  bor.  Ulardan  ba'zilari  mashqlarni  bajara  olmaydilar, 

boshqalari  esa,  aksincha,  jismoniy  mashqlarni  bajarishda  yuqori  natijalar 

ko`rsatadilar.  Jismoniy  mashqlarni  va  harakatlarni  bajarishda  qiynaladigan, 

bo`shang  talabalarga  o`qituvchi  doimo  dalda  berishi,  ularni  ma'naviy  jihatdan 

ko`mak  berishi  kerak.  Ularga  jismoniy  mashqlarni  egallashning  sirlari,  jismoniy 

tayyorgarlik asoslari haqida to`liq tushunchalar berishi va kelajakda ular ham mohir 

sportchi yoki jismoniy barkamol bo`lib yetishlariga ishonch tug`dirishi lozim.  

Shuningdek  yaxshi  tayyorgarlikka  ega  bo`lgan  talabalar  ham  o`zlariga 

individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Ular uchun ko`proq jismoniy yuklamalar 

berish kerak aks holda oddiy mashqlar ularni yetarlicha jismoniy rivojlantirmaydi, 

hamda  ularni  darsga  bo`lgan  qiziqishlarini  so`ndiradi.  Bunday  talabalardan 

mashg`ulotlarni  tashkil  etish  va  mashqlarni  o`zlashtirishga  orqada  qolayotgan 

talabalarga yordam berish maqsadida foydalanish mumkin.  



11 

 

Qat'iylik  va  botirlikni  talab  etadigan  mashqlar,  muvozanat  saqlash  mashqlari 



tayanib sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash mashqlarini ko`pchilik talabalar 

ishonchsizlik bilan bajaradilar. Mashqlarini texnikasini egallashda ularga o`qituvchi 

ma'naviy  ko`magi  zarur  bo`ladi.  Shuningdek  mashqlarni  o`rganishda  qo`rqinch 

hissini bartaraf etish kerak.  

Jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlarida  talabalarga  individual  yondashish  uslubi 

talabalarning  tibbiy  guruhlarida  mashg`ulotlar  tashkil  etishda  ham  keng 

foydlaniladi. O`qituvchilar kasal talabalarga ularning kasallik darajasiga muvofiq, 

ruxsat  etilgan  jismoniy  mashqlar  bilan  shug`ullanishni  tashkil  etadi.  Shuningdek 

jismonan  zaif  talabalarni  jismoniy  rivojlantirish  choralarini  belgilaydi.  Bunday 

guruhda jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borishda o`qituvchi mashqlar miqdorini, 

takrorlashlar sonini cheklashi, bajarish sharoitini yengillashtirish, maxsus mashqlar 

bilan  shug`ullanish,  mashqlar  ko`rsatkilariga  e'tibor  berish  kerak  bo`ladi.  Tibbiy 

guruhlarda  mashg`ulotlar  olib  borishda  o`qituvchilar  shifokorlar  bilan  doimiy 

hamkorlikda  bo`lishlari  kerak.  Talabalarga  individual  yondoshishda  ularning 

sog`ligini,  yoshini,  jinsini  va  jismoniy  tayyorgarligi  hamda  jismoniy  qobiliyatini 

albatta hisobga olish kerak. 

Jismoniy tarbiya uslublari. Jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun 

ta'lim  va  tarbiyaning  o`rgatish  kabi  pedagogik  uslublaridan  keng  foydalaniladi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  hilma-xil  uslublar  qo`llaniladi.  Bu  uslublar  bevosita, 

his-tuyg`u  bilan  idrok  etishdan  yoki  so`zdan,  yoki  amaliy  harakat  faoliyatidan 

foydalanishga  asoslanadi.  Yuklama  va  dam  olish  jismoniy  tarbiya  uslublarining 

o`ziga  xos  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  tarbiya  jarayonida  foydalaniladi.  Yuklamani 

tashkil  qilish  va  uni  dam  olish  bilan  qo`shib  bajarishning  tartibi  jismoniy  tarbiya 

uslublari tuzilishining asosi bo`lib hisoblanadi. Yuklama samarasi uning hajmi va 

intensivligiga bog`liqdir 

Yuklama  hajmi  berilgan  jismoniy  mashqlarning  uzoq  ta'sir  qilishini  hamda 

mashg`ulotlar  davomida  bajariladigan  jismoniy  ishning  jami  miqdori  tushuniladi. 

Mashq  yoki  mashg`ulot  miqdori  unga  sarf  etilgan  vaqt  bajarilgan  ishning  vazni, 

bajarilgan masofaning hajmi va boshqa ko`rsatkichlar me'zon hisoblanadi.  



12 

 

Yuklama  intensivligi  jismoniy  ishning  har  bir  mashq  paytidagi  ta'sir  kuchi, 



jiddiyligi  vaqt  birligida  birlashishi  tushuniladi.  Harakat  tezligi  ishning  kuchliligi, 

og`irlikning  vazni,  tegishli  yuklamaning  umumiy  hajmida  tezlik  va  og`irlikda 

bajariladigan ishlar miqdori, mashg`ulotning mator zichligi, va boshqalar intensivlik 

o`lchovi hisoblanadi.  

Yuklama jismoniy tarbiyaning hilma-xil uslublarini tuzishda, standart-amalda 

har  bir  ta'sir  etishda  o`zgarmas  va  ta'sir  etish  jarayonida  o`zgaruvchan  bo`ladi. 

Yuklamadan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlashni jismoniy tarbiyaning 

uslubiy tamoyillari belgilab beradi.  

Dam  olish  jismoniy  tarbiya  uslublarining  tarkibiy  qismi  hisoblanib  passiv-

harakatsizlik  va  aktiv-engil  mashg`ulot  shaklida  bo`ladi.  Yuklama  qismlari 

orasidagi  interval  qanchalik  qisqa  uzoq  bo`lishi  har  xil  uslublarda  ta'sirni  nimaga 

qaratilganligi va tiklanish jarayonlarini qonuniyatlariga qarab belgilanadi. Bunday 

intervallar uch xil-to`la, qattiq va ekstremal intervalga bo`linadi.  

To`la  yoki  oddiy  interval  deb  yuklamaning  navbatdagi  ta'siri  paytigacha  ish 

qobiliyati to`la tiklanadi. Bu bilan barcha funktsiyalar qo`shimcha zo`r berishsiz ish 

faoliyatini davom ettiradi.  

Qattiq  intervalda  yuklamaning  navbatdagi  qismi  to`la  tiklanmagan  fonga 

tushadi. Ishning samarasi o`zgarmagani bilan fiziologik va psixiologik jarayonlarni 

keskinlashib borishi sodir bo`ladi.  

Ekstremal  intervalda  yuklamaning  navbatdagi  qismi  tiklanish  qonuniyatlari 

natijasida paydo bo`lgan yuqori ishchanlik qobiliyati fazasiga to`g`ri keladi. Shunga 

qaramay bu intervallar natijasida erishilgan samara barqaror emas.  

Jismoniy  tarbiya  uslublarini  asosiy  vazifalaridan biri  mashqlarni  o`rgatish  va 

amalga oshirish faoliyatidir. Harakatli mashqlarni o`zlashtirishga bir-biriga qarama-

qarshi bo`lgan ikki xil usulda yondashiladi.  

1. Harakatli mashqlarni tarkibiy elementlarga bo`lib o`rgatish.  

2.  Harakatli mashqlarni tarkibiy elementlarga bo`lmay o`rgatish.  



13 

 

Bu  yondashish  usullarida  ham  jismoniy  tarbiya  uslublari  o`z  aksini  topadi. 



Shug`ullanuvchilar  faoliyatlarini  tartibga  solish  usullari  gimnastika,  o`yinlar  va 

sport turlari shakllarida vujudga kelgan.  

Qat'iy  reglamentlashtirilgan  mashq  uslublari.  Qat'iy  reglamentlashtirilgan 

mashq usulublari harakatli mashqlarni qat'iy reglamentlashtirilgan sharoitlarda ko`p 

marta qayta takrorlashdan iborat. Belgilangan harakat dasturida; yuklamaning qat'iy 

normalashtirish  va  mashq  jarayonida  uning  dinamikasini  to`la  boshqarishda;  dam 

olish intervalini qat'iy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan 

navbatlashishida qat'iy reglamentlashtirilgan mashqlar foydalaniladi.  

Harakatlarni o`rganish jarayonida mashq uslublari. Harakatli mashqlar dastlab 

yaxlit  va  qismlarga  bo`lib  o`zlashtirilishi  mumkin.  Harakat  amallarini  qismlarga 

bo`lib o`zlashtirishda harakatlar tarkibiy elementlarga bo`linadi va ular navbat bilan 

o`zlashtiriladi.  Qat'iy  reglamentlashtirilgan  mashq  usuli  ikki  asosiy  shaklga 

bo`linadi.  

1) mashqlarni qismlarga bo`lib, so`ng izchillik bilan birlashtirib bajarish 

2) qismlarni tanlab chiqarib yuborish bilan bajariladigan yaxlit mashq. 

O`rganilgan harakatlardan takomillashtirish uchun foydalanish har xil bo`ladi. 

Bu  yerda  uslubiyot  yo`nalishi  organizm  imkoniyatlarini oshirish uchun qaratilgan 

talablarga  bog`liqdir.  Organizmning  har  xil  funktsional  xususiyatlarini  umumiy 

takomillashtirishga  qaratilgan  umumlashtirilgan  mashq  uslublari  va  organizmning 

ayrim  funktsiyalariga  tanlab  ta'sir  ko`rsatishni  ta'minlovchi  tanlab  bajariladigan 

mashq  uslublari  ham  keng  foydalaniladi.  Jismoniy  fazilatlarni  rivojlantirishda 

usullarning yo`nalishi yuklamani reglamentlashtirish va uni dam olish bilan qo`shib 

bajarish  tartibini  qandayligiga  bog`liq.  Uni  hisobga  olib  mashq  jarayonlarini 

standartlovchi-standart mashq uslublari va mashq davomida ta'sir etuvchi omilning 

o`zgarishini belgilovchi o`zgaruvchan mashq uslublarini farqlash kerak. Shuningdek 

ular  uzluksiz  va  interval  mashq  uslublariga  bo`linadi.  Shu  bilan  birga  bir-biriga 

uyg`un  keluvchi  uslublar  guruhi  ham  mavjud  bo`lib  ularga  kombinatsiyalangan 

uslublarni kiritish mumkin.  




14 

 

Standart  mashq  uslublari.  Standartlashtirilgan  mashq  jarayonida  harakatlar 



ularning tuzilishi va yuklamaning asosiy paramentlarida biror bir jiddiy o`zgarishsiz 

takrorlanadi. Bunda har bir navbatdagi  takrorlashda  yuklama  hajmi  jihatdan ham, 

intensivligi jihatidan ham tashqi o`zgarishga uchramay turaveradi.  

Standart  uzluksiz  mashq  uslublari-asosan  chidamlilikni  tarbiyalashga 

qaratilgan. Bularda eng ko`p qo`llaniladigani bir tekis bajariladigan mashq uslubidir. 

Standart-intervalli  mashq  uslubiga  bir  qator  takroriy  mashq  uslublari  kiradi,  bu 

uslublarda  bir  xil  yuklama  dam  olishning  nisbatan  doimiy  intervali  orqali  qayta 

tiklanadi. Almashinuvchi mashq uslublari yangi marralarga yo`l ochishda yetakchi 

rol  o`ynaydi.  Almashinib  turuvchi  uzluksiz  mashq  uslublari  asosan  tabiiy  siklli 

harakatlar  yuzasidan  bajariladigan  mashqlarda  qo`llaniladi.  Almashinib  turuvchi 

mashq uslublari bunda sur'at va tezlik asosiy almashuv mezoni hisoblanadi. Standart 

bo`lmagan dastur bo`yicha masofada tezlikni tartibga solish bilan harakterlanadigan 

almashinuvchi  mashq  uslubi  bunga  asosiy  misol  hisoblanadi.  Yuklamalar  mashq 

jarayonida  surunkasiga  emas  interval  bilan  bajarilsa  ta'sir  kuchi  va  maqsadni 

almashtirish imkoniyati ortadi. Buning uchun almashinuvchi yuklamani dam olish 

bilan  tizimli  navbatlashuvchiga  asoslangan  uslublardan-intervalli  almashinuvchi 

mashq  uslublaridan  keng  foydalaniladi.  Bu  usulda  yuklama  qat'iy  ravishda  ortiq 

yuksalib boradi. Bu xil keng tarqalgan uslublardan biri interval bilan bajariladigan 

o`sib boruvchi mashq uslubidir. 

Pastlab  boruvchi  mashq  uslubi  qarama-qarshi  qonuniyatlarni  aks  ettirib 

yuklamaning  bir  ta'siri  ozayadi.  Lekin  umumiy  vazifa  o`zgarmaydi,  asosiy  ta'sir 

kuchi saqlanib qoladi.  Tartibga soluvchi mashq uslubida yuklamaning goh oshish 

goh pasayishini hisobga olib uni tartibga solib turiladi. Bu uslub siklli, atsiklli barcha 

harakatli  mashqlarda  qo`llaniladi.  Bu  uslubda  yuklama  goh  oshish  tomonga,  goh 

kamayish  tomoniga  doimo  o`zgarib  turadi  Mashqning  kombinatsiyalashgan 

uslublari.  Sanab  o`tilgan  uslublar  amalda,  yangi  uslublar  hosil  qilinganday  bo`lib 

kombinatsiyalashadi. Bunga, bir tomondan, har qanday yuklamaning ham biror bir 

uslubni    qo`llashga  imkon  bermasligi  sabab  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  hilma-xil 




15 

 

uslublarning  xususiyatlarini  birlashtirish ko`p hollarda  yuklama  bilan dam  olishni 



ancha to`g`ri tartibga solish sababdir. 

Takroriy  almashinuvchi  mashq  uslublari.  U  takroriy  va  almashinuvchi 

mashqlarning  shunday  birgalikda  kelishini  ko`rsatadiki,  bunda  almashinuvchi 

harakterida bo`lgan yuklama bir tartibning o`zida ko`p marotabalab takrorlanadi. 

Takroriy  o`sib  boruvchi  mashq  uslubi.  Bu  uslubda  yuklamaning  standart 

shaklda qayta tiklanishi uni asta-sekin oishirib borish bilan almashtirib turiladi. Dam 

olish intervalining vaqti yuklamani oshirish mumkin bo`ladigan qilib belgilanadi. 

Almashinuvchi  interval  bilan  bajariladigan  takroriy  mashq  uslubi.  Bunda 

yuklamaning  tashqi  tomonigina  qat'iy  takrorlanib,  hajmi  o`zgarmaydigan  bo`lib 

qoladi.  

Organizmning javob ta'siriga kelganda, bu ta'sir dam olish intervalining tegishli 

o`zgarishi bilan bog`liq ravishda o`zgarib boradi. 

Ko`p seriyali interval mashq uslubi. Bu uslubda biror bir faoliyat uni dastlab 

bo`lib  yuborish  va  so`ngra  qismlarni  intervallarni  tugatish  hisobiga  bosqichma-

bosqich birlashtirish yo`li bilan asta-sekin o`zlashtirib boriladi. 

Harakatlarni  kompleks  qo`llashdagi  mashq  uslublari.  Jismoniy  tarbiya 

jarayonida  bir  qator  har  xil  harakatlarni  birlashtirish  va  ularni  qat'iy 

reglamentlashtirilgan mashq uslublari bilan yaxlit tartibda qo`llash hollari bo`ladi. 

Faoliyatning  kompleks  harakterda  bo`lishi  jismoniy  sifatlarning  bir-biri  bilan 

organik  bog`langan  holda  har  tomonlama  o`sishiga  imkon  beradi  hamda  harakat 

koordinatsiyalarini takomillashtirish uchun yaxshi sharoit yaratadi. 

Har xil jismoniy mashqlardan komplks foydalanishda aylanma trenirovka usuli 

ko`p foydalaniladi. Bunda asosiy va yordamchi sport gimnastikasi, sportning ba'zi 

turlaridan  olingan  murakkab  bo`lmagan  harakatlar  foydalaniladi.  Atsiklik 

tuzilishdagi  harakatlardan  ko`pchiligiga  bajarish  jarayonida  sun'iy  sikllilik  tusi 

beriladi.  Aylanma  trenirovka  jismoniy  fazilatlarni  takomillashtirishga  qaratilgan 

variantlarga ega bo`ladi. Ular chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan-uzluksiz mashq 

uslubi.  Kuch  va  kuch  tezkorlikni  tarbiyalashga  qaratilgan-dam  olishning  qattiq 

intervali  bilan  bajariladigan  interval  mashq  uslublari,  chaqqonlik,  egiluvchanlikni 



16 

 

rivojlantiradigan  to`la  intervalda  dam  olish  bilan  bajariladigan  intervalli  mashq 



uslublaridan iborat bo`ladi.  

Aylanma  trenirovkada  tanlab,  maqsadga  yo`naltirilgan  va  umumiy  ta'sir 

o`tkazuvchi mashqlar bir-biri bilan bog`liqligicha amalga oshiriladi. Bir faoliyatdan 

ikkinchi faoliyatga o`tish faoliyatlarni almashtirish samarasidan keng foydalaniladi. 

Bu  bilan  ishchanlikni  oshirishga  hamda  ijobiy  hissiyotlar  shakllanishiga  imkon 

tug`iladi.  

O`yin  uslubi. Jismoniy tarbiya uslublarining samarali shakllaridan biri o`yin 

uslubidir. O`yin ijtimoiy hodisa bo`lib, jismoniy tarbiyada ham, umumiy tarbiyada 

ham  g`oyat  katta  ahamiyatga  egadir.  Tarixning  ilk  davrlarida  o`yin  shakllangan 

bo`lib, hozirgi  davrga  qadar  u  takomillashib, barkamol  inson  tarbiyasining  asosiy 

vositalaridan  bo`lib  qolmoqda.  U  talabalarni  jismoniy  harakatlarga  bo`lgan 

ehtiyojini  qondirishga,  yoshlarni  jismoniy  rivojlantirishga,  kishilarni  madaniy 

ma'naviy xordiq chiqarishlariga xizmat qilib kelmoqda. Jismoniy tarbiyaning o`yin 

uslubi quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi. 

Faoliyatni  taqlid  asosida  tashkil  etish,  bunda  vaziyatning  doimiy  va  ko`proq 

darajada bexosdan o`zgarishi bilan maqsadga erishish. O`yin syujeti atrof-muhitdan 

olingan  biror  tomoni  obrazli  ifoda  etishdan  iborat  bo`ladi  yoki  jismoniy  tarbiya 

talablariga  asoslanib  o`ynovchilarning  harakat  qilishlarining  maxsus  syujeti 

shakllanadi. Bunday holat ko`proq sport va harakatli o`yinlarda uchraydi.  

Maqsadga  erishish  usullarining  hilma-xilligi  va  faoliyatning  kompleks 

harakterda  bo`lishi.  O`yinda  g`alaba  qilish  mumkinligi  bir  harakatlarga  bog`liq 

bo`lmaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida o`yinlar faoliyati kompleks shalda bo`ladi. 

Ya'ni o`yin jarayonida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, itqitish kabi halma hil 

harakatlar  bajariladi.  Shuning  uchun  g`alabaga  erishishda  xilma-xil  usullar  va 

harakatlarning shakllari qo`llaniladi.  

Shug`ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularning tashabbus va 

chaqqonlik ko`rsatishlariga va o`z harakat faoliyatlariga talablar qo`yish. O`yinlar 

qoidasi o`yin yo`nalishini belgilaydi, vazifalarni hal qilishda imkoinyatlar yaratadi, 




17 

 

o`yin davomida vaziyatni doimiy va birdan o`zgarib turishi harakat qobiliyatlarini 



to`la ishga solishga majbur qiladi.  

Shug`ullanuvchilar  harakatining  bir-biriga  bog`liqligi,  yorqin  emotsionallik. 

O`yinlarda ishtirokchilar o`rtasida aloqa o`rnatiladi, o`zaro hamkorlik va bir-biriga 

qarshi  raqiblik  ruhida  bo`lish  mumkin,  qarama-qarshi  fikrlar  qiziqishlar 

to`qnashganda ziddiyat vujudga keladi. Bu bilan o`yin maqsadi hal etiladi. Yuksak 

hissiy holat paydo bo`lib, ahloqiy fazilatlarni namoyon qilish imkoniyati yaratiladi.  

Yuklama  me'yorining  cheklangan  imkoniyati.  O`yin  uslublarining  bu 

xususiyati  shug`ullanuvchilar  o`zlarining  charchash  va  dam  olish  chegaralarini 

o`zlari belgilaydi. Ular o`zlarini ishchanlik qobiliyatini o`yin davomida boshqarib 

boradilar.  Lekin  o`yin  davomida  yuklama  boshqarilmaydi  degani  emas,  balki 

jismoniy  yuklama  o`yin  qoidasi,,  murabbiy  ko`rsatmasi  va  boshqa  usullar  bilan 

boshqariladi va me'yorlanadi. Bu usulda shug`ullanuvchilar chaqqonlik, topqirlik va 

joyda  tez  mo`ljal  olish  mustaqillik,  tashabbuskorlik  sifatlari  tez  takomillashadi. 

Shuningdek  jamoatchilik  do`stlik  hissi,  ongli  intizomni  tarbiyalashda  o`qituvchi 

uchun ta'sirli vosita bo`lib xizmat qiladi.  

Musobaqa  uslubi.  Jismoniy  tarbiyada  musobaqa-bellashuv  usullari  muhim 

ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma 

sohaga xos bo`lib faoliyat ko`rsatuvchilarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  musobaqalashish  uslubi  mashg`ulot  o`tkazishda  ham 

mustaqil  musobaqa  shaklida  ham  tashkil  etilishi  mumkin.  Musobaqa  uslubini 

harakterlovchi xususiyat  birinchilik  yoki  yuksak  natijaga erishish uchun kurashda 

kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida raqiblarning bellashuvlari o`yin holatiga 

nisbatan  ko`proq  namoyon  bo`ladi.  Jamoalararo  musobaqalar  g`alabaga  erishish 

uchun  kurashga  ma'suliyat  sezib,  bir-biriga  yordam  berish  jamoatchilik 

munosabatlari  bilan  tavsiflanadi.  Musobaqa  uslubining  o`ziga  xos  xususiyatlari 

yuklamani  me'yorlash  va  shug`ullanuvchilar  ustidan  nazorat  qilish  uchun 

cheklangan imkoniyat beriladi. Musobaqalar biror-bir qoida bilan reglamentlashtirib 

qo`yiladi.  




18 

 

Musobaqalarning  maqsadi,  tartibi  va  o`tkazish  shartlarini  reglamentlash 



yuklamani  boshqarish  uchun  asos  bo`ladi.  Faoliyatning  aniq  harakteriga  muvofiq 

musobaqaning 

maqsadi 

va 


mazmuni 

namoyon 


bo`ladi. 

Murabbiylar 

musobaqalashuvchilarning  faoliyatiga  yo`llanma  berish  bilan  rahbarlik  qiladi. 

Shuningdek, tavsiyalar musobaqa davomida ham berib boriladi. Lekin  ba'zi sport 

turlarida murabbiylarning musobaqalarga aralashuvi man etiladi. Musobaqalashish 

uslubining  shu  tomonlari  o`yin  uslubiga  o`xshash  bo`ladi.  Shunga  qaramay 

musobaqa bilan o`yin uslubining ba'zi bir jihatlari keskin farqlanadi. O`yin uslubida 

musobaqa  bo`lmasligi  mumkin.  Shuningdek  musobaqada  ham  o`yin  uslubi 

qo`llanmasligi mumkin.  

Musobaqalashish  uslubi  har  xil  tarbiyaviy  vazifalarni  hal  qilish-jismoniy, 

irodaviy, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko`nikmalarni, takomillashtirish 

uchun  qo`llaniladi  hamda  axloqiy  xislatlarni  tarbiyalashda  musobaqalashish 

uslubining ahamiyati g`oyat kattadir. Musobaqa uslubi boshqa uslublarga qaraganda 

shug`ullanuvchilarga  jismoniy,  texnik-taktik  mahoratini  hamda  ahloqiy  sifatlarni 

tarbiyalash uchun muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Shunga qaramay musobaqalar 

davomida  salbiy  xususiyatlar  xudbinlik,  o`ziga  bino  qo`yish,  dag`allik  va 

maqtanchoqlik  kabi  xislatlar  shakllanib  qolishi  mumkin.  Buni  oldini  olish  uchun 

musobaqalashish  uslubiga  murabbiylar  mohirona  rahbarlik  qilishlari  hamda 

ma'naviy tarbiyaga katta e'tibor berishlari kerak.  

Musobaqalar  tufayli  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug`ullanuvchilar 

o`zlarining  jismoniy  tayyorgarligi  va  texnik  taktik  mahoratlari  darajasini  bilib 

boradilar. Bunday olib qaraganda musobaqalar jismoniy rivojlanishni nazorat qilish 

mezonlari bo`lib xizmat qila oladi. 

Nutq  va  ko`rsatmalilik  uslublari.  Ko`rsatmalilik  uslubi  jismoniy  tarbiya 

jarayonida  o`z  ta'sir  kuchiga  ega  bo`lib  asosiy  vositalardan  biri  hisoblanadi. 

Ko`rsatmalilik uslublari farqlanuvchi xususiyatlari ko`proq birinchi signal sistemasi 

orqali  ta'sir  etish,  voqelikning  konkret  obrazlarini  yaratishdan  iboratdir.  Bunda 

bevosita 

ko`rsatmaliligi 

bilan 


harakterlanuvchi 

uslublarni 

va 

bavosita 



ko`rsatmalilikdan  foydalanish  uslublarini  bir-biridan  farqlash  lozim.  Ko`rsatmali 


19 

 

uslublarning  amalda  bajarib  ko`rsatish  shakli  mashqlarni  va  harakatlarni 



shug`ullanuvchilar  amalda  o`zlari  bajaradilar.  Bu  bilan  harakatlar  texnikasi  va 

taktikasining muskullari va tayanch harakat apparati tizimi orqali xis qiladilar.  

Ko`rsatmalilikning bavosita usulida mashg`ulotlar davomida plakatlar, rasmlar, 

sxemalar,  kino  va  videofilmlar  namoyish  qilish  bilan  tashkil  etiladi.  Shuningdek, 

bavosita ko`rsatmalik uslubida odam gavdasi modellari har xil mulyajlar, maketlar, 

elektr yordamida harakatlanadigan nishonlar va boshqa texnik vositalar qo`llaniladi.  

Nutqdan  foydalanish  uslublarining  alohida  xususiyati-tinglovchilarga  asosan 

ikkinchi  signal  sistemasi  orqali  ta'sir  etish,  voqelikni  mulohazalar  yuritish  orqali 

tushuncha  va  xulosalarda  qayta  tiklashdir.  So`zning  bu  xil  vazifalariga  qarab, 

nutqdan foydalanishning har xil uslublari qo`llaniladi.  

Gapirib 

berish 


uslubi 

o`rganiladigan 

xodisa 

va 


jarayonlarni 

shug`ullanuvchilarga og`zaki tasvirlab beriladi. Bu usul asosan ikki shaklda bo`lib 

qisqa va batafsil gapirib berishdan iborat bo`ladi. Gapirib berish mashg`ulot shakliga 

hamda ta'siriga qarab hissiy holatda bo`ladi.  

Tushuntirish uslubi mashq bajarish davomida mashqni bajarib turib bajariladi. 

Bunda  mashqning  bajarishdagi  ko`rsatmalar  yoki  ko`rgazmali  qurollardan 

foydalanib  tavsiyalar  beriladi.  Shuningdek,  bu  jarayonda  ilova  usuli  ham 

qo`llaniladi. Ilova deb og`zaki tushuntirishga yakun yoki qo`shimcha hisoblanadi.  

Ko`rsatma,  buyruq  berish  og`zaki  ta'sir  etish  shakllaridan  bo`lib  unda  fikr 

lo`nda  buyruq  shaklida  ifodalanadi.  Jismoniy  tarbiya  sohasida  shug`ullanuvchilar 

faoliyatiga  rahbarlik  qilish  buyruq  shaklida  tashkil  etiladi.  Ko`rsatma  berish, 

yo`llanma  berish,  topshiriq  berish,  bu  usullar  shug`ullanuvchilarga  harakatlarni 

to`liq o`rganish va xatolarni bartaraf etishga yordam beradi.  

Og`zaki  baholash  usulida  shug`ullanuvchilar  ko`rsatayotgan  natijalarga  baho 

berish shakli bo`lib bu bilan shug`ullanuvchilar rag`batlantiriladi yoki kamchiliklari 

va xatolari ko`rsatiladi. Og`zaki baholash usuli bilan shug`ullanuvchilarda jismoniy 

mashqlarni bajarishga yanada ishtiyoq va qiziqish shakllantirilishi kerak.  

Suhbat  uslubida  shug`ullanuvchilar  bilan  o`rganilayotgan  jismoniy  mashq  va 

harakatlar yoki umumiy jismoniy tarbiya va sport bo`yicha suhbat savol va javob 



20 

 

shaklida muhokama qilinadi. Bu bilan shug`ullanuvchilarni mavzuga oid savollarga 



javoblar  berilib  ularni  jismoniy  mashqlardan  mustaqil  shug`ullanishga  asos 

yaratiladi. Suhbatlar keng va yakka tartibda ham tashkil etiladi.  

Hisob berish va tushuntirish uslubida shug`ullanuvchi talabalar o`rganilayotgan 

va  bajarayotgan  mashqlarni  haqida  hisob  beradilar.  Erishayotgan  natijalari  va 

kamchiliklarni  tushuntiradilar.  Hisob  va  tushuntirish  o`qituvchi  uchun  jismoniy 

tarbiya  jarayonida  erishilayotgan  samaralar  darajasini  baholashga  imkoniyat 

yaratadi. Shuningdek, mashqlar va harakatlarni o`rganishda erishilayotgan natija va 

kamchiliklar bilan shug`ullanuvchilar o`zaro maslahatlar qiladilar.  

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin