Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə18/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

3.4. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot

Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tufayli aholining turmush darajasi o’sib bormoqda. U mumiy madaniyati yuksalmoqda. Mehnatkash aholi va o’quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, sog’lig’i va kamoloti yo’lida davlat idoralari hamda jamoat tashkilotla­rining faoliyati takomillashtirilmoqda.


Jismoniy tarbiya tizimi kabi keng tarmoqli sohaning barcha tashkilotlarida yagona tartiblarni joriy etish uchun muvofiqlashtiruvchi markaz yoki maxsus tashkilot sifatida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining o’rni alohidadir.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunida «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari» /6-modda/, «Jismoniy tarbiya–sport ja­moat birlashmalari» /7-modda/. «O’zbekiston Respublikasidagi Olimpiya harakati» /8-modda/ masalalari alohida o’rin egallagan. Bu sohalardagi jarayonlarning mukammal va maqsaddagidek olib borilishini nazorat qilish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish va amaliy yordam berish lozim bo’ladi. Bu faoliyatlar sport qo’mitalari tomonidan chukur va izchil o’rganiladi hamda o’zaro bog’liklik tamoyillari asosida ish tutiladi.
Qonunda ta’kidlanishicha, «Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish» /9-modda/, «Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya» /10-modda/, «Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki» /11-modda/, «Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sport» /13-modda/ hamda turli tarmoqlarda tashkil qilinishi zarur bo’lgan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tar­biya va sport tadbirlarini birgalikda tashkil qilishni doimiy ravishda muvofiqlashtirish faoliyatlari sport qo’mitalari zimmasidadir.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi va uning tarmoqlari, turli davlat idoralari, jamoat tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sportdagi barcha faoliyatlarini qonunlar, farmonlar, qarorlar asosida olib borishiga yo’l-yo’riq ko’rsatishini muvofiqlashtirish usulining asosi hisoblanadi. Shu sababdan «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunda «Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil qilish» bilan bog’liq faoliyatlar /15-modda/, «Sportda qo’llanishi man etilgan vositalar» /16-modda/, «Havaskorlik sporti va professional sport» /17-modda/, «Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash» /18-modda/ sohalarini muvofiqlashtirish /o’zaro kelishish/ talab qilinadi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatida sport qo’mitalarining muvofiqlashtiruvchi faoliyatlari qonunda yaqqol bayon etilgan. Ular asosan «Jismoniy tarbiya va sportni moliyaviy ta’minlash» /19-modda/, «Jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish va sport inshootlari» /20-modla/, «Aholiga pulli xizmatlar ko’rsatish» /22-modda/, «Xalqaro hamkorlik» /25-modda/ kabilar bilan ifodalanib, bu faoliyatlarda juda ko’p idoralar va tashkilotlar rasmiy ravishda ishtirok etadi. Shu sababdan barcha faoliyatlarni maqsadli amalga oshirish, yaxshi natijalarga erishishni ta’minlashda O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot sifatida katta rol o’ynaydi.
Shuni e’tiborga olish zarurki, O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi va uning quyi tarmoqlarida ayrim sohalar yoki umumahamiyatga molik bo’lgan muammolarni muhokama qilish, tasdiqlash va amalga oshirish jarayonlarida masalaga tanqidiy qarash, ijodkorlik va ilg’or tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu sohalarni amaliy jihatdan o’rganish, sport qo’mitalari ish faoliyatini bevosita kuzatish talabalarning mustaqil ish jarayonla­rida amalga oshiriladi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin