Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qumitasining



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə16/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

3.2.2. O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qumitasining
ichki tuzilishi. Kollegiya

«O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qo’mitasi haqidagi Nizom»da Davlat sport qo’mitasining ichki tu­zilishi batafsil bayon etilgan. Uning ba’zi bir jihatlarini quyidagicha ifodalash mumkin.


Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat sport qo’mitasi faoliyati uning raisi tomonidan boshqariladi.
Rais o’z navbatida:

  • Davlat sport qo’mitasiga yuklangan vazifalarni bajarish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda shaxsan javobgardir;

  • o’rinbosarlarning vazifalarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- belgilangan mehnat haqi va uni taqsimlash, shtatlarni belgilaydi;
- boshqarma va bo’lim boshliqlarining asosiy ish vazifalarini taqsimlaydi.
Davlat sport qo’mitasi umumiy rahbarlik uchun kolle­giya /hay’at/ tashkil etadi. Uning tarkibi sport qo’mitasi raisi /kollegiya raisi/, rais o’rinbosarlari, sport qo’mitasi tizimidagi boshqa rahbar xodimlar, shuningdek vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiasiyalar va jamoat tashkilotlarning xodimlaridan iborat bo’ladi. Kollegiya tarkibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Kollegiya o’z yig’ilishlarida O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqadi va hal etadi. Щuningdek, normativ va boshqa muhim hujjatlarning loyihalarini muhokama qiladi, ularni yuqori idoralarga takdim etadi. Sport qo’mitasining qarorlari, buyruqlari, yo’l-yo’riqlari /instruksiya/, tekshiruv savollari, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishga doir hujjatlarning loyihalarini tasdiqlaydi.
Kollegiya o’z yig’ilishlarida viloyatlar sport qo’mitalari raislari, sport qo’mita markaziy apparata xodimlari, uyushmalar, muassasalar, o’quv yurtlari rahbarlarining ma’ruzalarini eshitadi.
Kollegiya qarorlarini hayotga tadbiq etish uchun max­sus qaror yoki buyruqlar chiqariladi.
Kollegiya qabul qilgan qaror rais uchun tavsiya xarakteriga ega bo’ladi.
Kollegiya a’zolarining fikr-mulohazalari har xil bo’lib qolsa, uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hal etadi.
Kollegiya umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha masalalar yuzasidan javobgar hisoblanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin