Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə24/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

4.3.2. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish

O’tgan bo’limda asosan, tibbiyot sohasidagi o’quv yurtlari va davolash muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi joylarda faoliyat ko’rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida o’ringa egadir.


Aholi istiqomat joylarida ko’pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash, nazorat qilish, tez yordam ko’rsatish kabi bo’limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko’rish, davolash.
2. Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo’limlarida uqalash /massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog’lomlashtirish tadbirlari.
Shular asosida poliklinika shifokorlari bemorlar­ni maxsus hisobga olish (og’ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi. Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, tabiatning sog’lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. O’z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ular­ning samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. SHu tariqa shifokorlar bemorlarning sog’lig’ini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.
Ma’lumki, aholining o’zini-o’zi boshqarish idoralari qonun asosida tashkil etilgan. Bunda mahalla oqsoqollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Bularning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib, aholining salomatligi, yoshlarning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va ma’ruzalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniqsa yosh bolalar, onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. YOsh ota-onalarning salomatligini ta’minlashdagi nazariy bilimlari hamda ko’nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning hissalari g’oyat kattadir.


4.3.3. «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar

O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» risolasida (1992 y.) «Yashash muhiti, tabiat va ma’naviyat ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo’lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qad­ri bilan sharafli bir o’ringa qo’yish kerak» (69-bet), – degan. Buning amaliy ijrosi Prezident tomonidan «SOG’LOM AVLOD UCHUN» farmonining imzolanishi (1993 y. 4 mart) hamda shu asosida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining ishlab chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida ifodalangan.


O’zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon qilindi. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari hamda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish mumkin.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshnrish Sog’liqni saqlash vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu sababdan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlariga katta urg’u bermoqda. Shuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaddi vazirliklar, «Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya jamg’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuk­latilgan.
Sog’lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari, ommaviy-sog’lomlashtiruvchi jismo­niy tarbiya, sayohat va Xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorliqda O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qumitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiadalar, universiadalar va turli sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqda.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin