Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xujaligi. Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə25/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

4.4. Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xujaligi. Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil
qilishdagi asosiy vazifalari.


4.4.1. Ichki ishlar vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish

O’zbekiston mustaqilligi sharoitida davlat va axolining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoidil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarini oshirishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi.


Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o’rta maxsus o’quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo’lib, o’quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratlarini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. SHu bilan birgalikda, sport turlari bo’yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi.
Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlarda «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko’rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqtidorli sportchilar jalb etiladi.


4.4.2. Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va
sport ishlari

Mudofaa vazirligi tizimida zobitlar (ofiserlar) va shaxsiy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jismoniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalash asosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. SHu jihatdan harbiy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalardagi Oliy hamda o’rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam o’tkazilib, sport mashg’ulotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qismlardagi sport tadbirlari, xarbiylarning jismoniy tar­biya mashg’ulotlari maxsus yo’riqnomalar (instruksiyalar) asosida olib boriladi.


Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo’lgan Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlarning harbiy jismoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg’ulotlarini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Klub terma jamoalar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin