Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining tarkibiy tarmoqlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə17/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

3.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining tarkibiy tarmoqlari


3.3.1. Davlat sport qumitasi tarmoqlari

O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tuzilishi va boshqarish jihatdan asosan ikki yo’nalishga egadir. Birinchi yo’nalish sport ko’mitalarining quyi tarmoqlari hisoblanadi. Ikkinchisi esa, mustaqil tashkilotlar sifatida sport qo’mitalari faoliyatida ishtirok etuvchilardir.


Birinchi yo’nalish: O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining uzviy tarmoqlari, asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar hamda Toshkent shahar sport qo’mitalari hisoblanadi. Bunday quyi tarmoqlardagi sport qo’mitalari joylardagi hokimliklar mahkamasi tarkibida bo’lib, hokimlar rahbarligida ish olib boradilar. Har bir viloyat, shahar va tumanlardagi sport qo’mitalari raislari Hokimlar tomonidan tasdiqlanadi. Barcha tarmoqlardagi sport qo’mitalarining maxsus Nizomlari mavjuddir. SHu Nizomga asosan ular o’zlariga tegishli hududda hokimiyatlar va Davlat sport qo’mitasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshiradilar. Ularning tashkiliy tuzilishida ommaviy-tashkiliy ishlar, sport, moliya-xo’jalik, sportni targ’ib qilish, o’quvchi-yoshlar bilan ishlash va boshqa sohalar bo’yicha bo’limlari bo’ladi. Belgilangan shtatlardagi xodimlar o’z faoliyatlarini yuritadilar.
Ikkinchi yo’nalish: Davlat sport qo’mitasi va uning tarmoqlari faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi va unga ko’maklashuvchi quyidagi tashkilotlar, komissiyalar mav­juddir, ya’ni:

  1. Sport turlari bo’yicha federasiyalar, murabbiylar kengashi, hakamlar uyushmasi.

  2. Xalqaro sport assosiasiyalari.

  3. Ilmiy-uslubiy kengashlar.

  4. Milliy sport va xalq milliy o’yinalari uyushmalari.

  5. Tibbiy nazorat muassasalari va h.k.



3.3.2. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti

O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti /O’zDJTI/ 1955 yil sentyabrda tashkil etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining tarkibiy tarmog’idir. Institutning dastlabki faoliyati paytlarida atigi 2-3 ta kafedra mavjud bo’dgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning soni 18 ta.


O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida sport o’yinlari, yakkakurash sport turlari, sirtqi ta’lim va malaka oshirish fakulьtetlari mavjud.
Mustaqillik yillari davrida institutda ilmiy-pedagogik soha bo’yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlashda katta yutuqlarga erishildi. YA’ni aspirantura va dokto­rantura tashkil etildi. Himoya bo’yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash ochildi va 10 dan ortiq yosh mutaxassisilar fan nomzodligi dissertasiyalarini yoqladilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ishida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti jamoasi ijodiy yondashgan holda katta hissa qo’shib kelmoqda. Ayniqsa, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, bo’lajak mutaxassislarni sport menejmenti hamda mar­ketinga asoslari bilan qurollantirish, maktab yoshigacha bolalar muassasalar faoliyatlari bilan tanishtirish, aholi o’rtasida ommaviy-sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sport, sayohat hamda xalq milliy o’yinlarini tash­kil qilish yo’llarini o’rgatishda davr talablariga rioya qilinmoqda.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin