7.1.2. Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari
haqida tushunchalar
Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda sport turlari bo’yicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir. Ular Respublika hukumati, sport tashkilotlari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi.
Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi, sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifalari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.
O’zbekistonda bolalar va o’smirlar sport maktablari, Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qat’iy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.
Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan.
Nizomlarga ko’ra, bolalar va usmirlar sport maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
Davlat sport ko’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim yurtlari.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va usmirlar sport maktablari, sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari.
Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.
Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi.
Pedagogik /murabbiylar/ kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarlik, musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari, ota-onalar bilan aloqadorlik moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /faqat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.
Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan.
1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tashkil qilish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi.
Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, CHirchiq shaharlarida sport internatlari /hozir ular - olimpiya o’rinbosarlari kollejlari/ faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor.
O’zbekiston mustaqilligi» sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmoqda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmoqda.
Dostları ilə paylaş: |