7.3. Olimpiya o’rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari
Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport internat maktablar va olimpiya o’rinbosarlari sport maktablar negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda va kollej siklida faoliyat ko’rsatmoqda. Ular, eng avvalo, Xalq ta’limi vazirligi tizimida shakllandi va rivojlandi. Shu sababdan ularning o’quv rejalari va fanlar, sport turlari bo’yicha dasturlari Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilsh bevosita bog’liq bo’lgan masalalarda olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari faoliyatiga har tomonlama yordam berish maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi va sport uyushmalari hamkorlik qilmoqda.
Bilim yurtlarining o’quv rejasida davlat ta’lim standartlari asosida umumiy va o’rta maxsus ta’lim dasturlaridagi barcha siyosiy, gumanitar, tabiiy va maxsus fanlar o’qitiladi. Mavjud bo’lgan guruh /sinf/ va bo’limlarda olimpiya o’yinlari sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan nazariy hamda amaliy fanlar o’rgatiladi. O’quv rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy mohiyati etuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan iborat.
Avvalgi bo’limlarda qayd etilganidek, rahbarlik ishlari bilim yurti direktori, uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bilim yurtida pedagogik va murabbiylar kengashi barcha faoliyatlarni muhokama qilib, zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgarligi bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent, Samarkand, Andijon, Chirchiq va boshqa shaharlardagi bilim yurtlarining ish faoliyati va erishgan tajribalarini talabalar mustaqil ravishda o’rganishga harakat qilishlari lozim.
7.4. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish
Dostları ilə paylaş: |