7.2.2. Murabbiylar kengashi
Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari Nizomida murabbiylar kengashiga alohida e’tibor berilgan. Chunki yosh sportchilarni texnik, taktik va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda murabbiylar asosiy fao-liyat ko’rsatadilar.
Sport maktablarining xususiyatlariga karab murabbiylar kengashi tuziladi. Uning tarkibi murabbiylarning soniga qarab belgilanadi. Kengash raisi sport maktabi rahbari /direktor/ hisoblanadi. Direktorning o’quv-sport ishlari bo’yicha muovini, murabbiylar yoki xizmatchi xo-dimlardan kengash kotibi saylanadi.
Murabbiylar kengashi kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi. Shunga ko’ra, har oyda bir marotaba /zarur bo’lganda undan ko’proq/ kengash yig’ilishi o’tkaziladi. Kengash tuzilgan reja asosida kun tartiblarini belgilaydi. Ularda asosan murabbiylarning ish faoliyati, hisobotlar, ota-onalar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash, sinovdan o’tkazish va kabul qilish ma-salalari muhokama qilinadi.
Ma’lumki, Mustaqillik yilarida rahbar va boshqa xodimlarni attestasiyadan o’tkazish rasmiy odatga aylan-di. Bu ishda sport maktablarining murabbiylari ham bevosita ishtirok etadi. Sport maktablarida murabbiylarni attestasiyaga tayyorlash va o’tkazishda ularning nazariy bilim va amaliy faoliyatlari, davlat siyosati hamda olib borilayotgan islohotlarga munosabatlari inobatga olinadi. Eng muhimi, Respublika va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qatnashish natijalari, bunda murabbiyning ijodiy faoliyati asosiy o’ringa qo’yiladi. Attestasiya yakuni asosida murabbiylarga turli toifadagi /oliy toifagacha/ unvonlar beriladi.
Shu sababdan ham aksariyat barcha murabbiylar, eng avvalo, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralash va ular bilan katta maqsad yo’lida fidoyilik bilan mehnat qilishga harakat qiladilar.
7.2.3. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari
Pedagogik kuzatishlar, ilg’or tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb etish quyidagi tartibda olib boriladi:
Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchsharining tavsiyasi.
O’quvchi yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi.
3.Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari.
4.Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari
Sport maktablarining toifasi, darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq murabbiylar tomonidan olib boriladi.
Sport turlariga qarab sinov tanlov jarayoni umumiy jismoniy tayyorgarlik, mazkur sport turining texnik qoida va me’yorlari asosida bolalar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Sport maktablariga kiruvchi bolalar shaxsiy hujjatlarni talab darjasida tayyorlab, sinov-tanlovdan muvofaqiyatli o’tgandan keyin, sport maktabi ma’muriyati tomnidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi,
Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartib-qoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda axloq normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi.
Sport turlari bo’yicha murabbiylar yangidan qabul qilingan bolalar bilan mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi, qiziqish munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi, ularni ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bilan bezdirmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: |