Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy uninlarnni tashkil qilish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə50/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

8.3. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy uninlarnni tashkil qilish

«Navro’z» bayrami, hosil bayrami, to’ylar qadimgi milliy an’analardan hisoblanadi. Ularning safiga mil­liy bayram sifatida «Mustaqillik kuni» bayrami ham qo’shildi. Bu an’anaviy bayramlar, xalq sayillari va to’ylarda kurash, ko’pkari /uloq/, poyga, otdan ag’darish, «qiz quvmoq», dorbozlik, tosh ko’tarish, bilak kuchini sinash va boshqa o’nlab o’yinlar doimiy ravishda qo’llanib kelingan. Ular haqida «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Qirq-qiz», «To’maris» afsonasi, «SHohnoma», «Manas» kabi juda ko’p dostonlar guvohlik beradi.


O’zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, xalq mil­liy o’yinlari milliy qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqda. Ular «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosil bayrami», kasb-hunar bayramlari, tuylar va ulug’ sanalarni nishonlash jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo’llanilmoqda.
O’zbek kurashi xalqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu to’g’ri bo’yicha jahon chempionatlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. SHu tufayli kurash shahar va qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmoqda.
Qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkarisiz o’tkazilmaydi. Otlarning zotini ko’paytirish, chavandozlar sonini oshrish borasida qishloq, qo’rg’on faollari jiddiy ish yuritmoqda. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz polvonlargina emas, hatto yoshlar ham poyga, ko’pkari va boshqa xalq miliy o’yinlarida faol qatnashmoqlalar.
1991 yil aperldan buen respublika miqyosida xalq mil­liy o’yinlari, musobaqalari, «Alpomish» o’yinlari festivallari o’tkazilayotgani haqida yuqorida bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag’ishlab o’tkazilgan xalq milliy o’yinlari «To’maris» festivali xalq milliy o’yinlarining mazmun va shakl jihatdan boyligi, ularning ijtimoiy pedagogik mohiyatlari qanchalik ustun ekanligini namoyish qildi.
Ta’kidlash lozimki, markaziy shaharlar miqyosida va ba’zi qo’rg’on, qishloq hamda mahallalarda o’tkazilayotgan Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayramlari hamda to’ylarda xalq milliy o’yinlari namoyish shaklidagina olib borilmoqda. Bu esa yoshlarning o’zaro bellashuvi va o’yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Mahallalar va qishloqlarda o’tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda halq milliy o’yinlarini tashkil qilishda mahalla oqsoqollari kengashi faollari, jismoniy tar­biya va sport mutaxassislari yaqindan turib o’zaro hamkorlik qilishlari zarur. SHunga asosan ko’pchilik ishtirok etadigan xalq milliy o’yinlarini mazmun va qoidalarini ixchamlashtirgan holda tashkil qilish lozim bo’ladi.
Bunday tadbirlarda mahalliy xotin-qizlarining ishtirokini ta’minlash xalq milliy o’yinlarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi.
Xalq milliy o’yinlari shug’ullanuvchilarning insoniy fazilatlari va jismoniy sifatlarini maqsad yo’lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviy-jismoniy kamolotni o’stirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlar e’tiborga olinsa, mahalla oqsoqollari kenga­shi faoliyatini kuchaytirish va xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni ta’minlashda ijobiy tomonlarga siljish bo’lishi mumkin.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin