Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiking matbuot idoralari bilan aloqalari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə20/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

3.6. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiking matbuot idoralari bilan aloqalari


3.6.1. O’zbekiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi bilan O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hamkorligi

O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hamda uning quyi tarmoqlary tomonidan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, uni targ’ib qilib bo­rish vazifalarining amalga oshirilishi jarayonida radio hamda televidenie faoliyatidan maqsadli foydalanish katta ahamiyatga ega. Radiola sport xabarlari, murab­biylar va ilg’or sportchilarning faoliyatlari muntazam eshittirib boriladi. Bunda muxbirlar, jurnalistlar, havaskorlar sport tashkilotlarining ish faoliyatlarini jonlantirishga doir ma’lumotlar, eshittirish mavzulari va boshqalarni sport ko’mitalari xodimlari bilan maslahatlashgan holda efirga olib chiqadilar.


Televidenie targ’ibotning eng jonli, qulay va keng usulidir. Shu sababdan sport xabarlari, yangiliklarni, sport musobaqalarini bevosita to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatish yo’li bilan ma’lum qilish kun sayin keng qo’llanilmoqda. Jurnalistlar, muxbirlarning sport sohasidagi faoliyatlarini takomillashtirishda sport qo’mitalarining tavsiyalari, rejalari va takliflari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sport ko’rsatuvlarining eng muhim vositalaridan hisoblangan videofilьmlar, lavhalar, reportajlar keyingi yillarda ommalashib ketdi. Bu sohada havzskorlar, professional jurnalistlar tomonidan olinayotgan videotasvirlarning ko’payishi va ularning ijodiy mehnatlari ko’pchilikni quvontirmoqda.
Teleko’rsatuv va radio eshittirishlarining mavzularini yaxshilash, bunda, aholining ehtiyojlarini hisobga olish, xalq milliy o’yinlarini targ’ib qilishga e’tiborni kuchaytirish lozim bo’ladi.
3.6.2. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalari

O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, uning joylardagi tarmoqlari so’nggi yillarda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan aloqalarni tobora mustahkamlab bormoqdalar. Ya’ni sport qo’mitalari raislari, xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport faxriylari, sportchilar, havaskorlar, muxlislar va boshqalar bilan gazeta xodimla­ri tez-tez muloqotda bo’lishadi. Natijada, sport yangiliklari, turli mulohazalar mazmuni kengayib, minbarlarda tanqidiy mulohazalar, dalillar ko’paymoqda.


O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi ta’sischisi bo’lgan «Sport», «O’zbekiston futboli», «Tennis» gazetalarining ish faoliyati sport tashkiloti xodimlarining ijodiy mehnatlari bilan chambarchas bog’lanib ketgan.
O’zbekistonning «Xalq so’zi», «Turkiston», «Hurriyat» kabi etakchi gazetalarida faqat futbol, tennis, kurash, boks, shaxmat kabi sport turlari bo’yicha o’tkazilayotgan xalqaro turnirlar, yirik musobaqalar haqidagina emas, balki sport inshootlari, sportklublari, murabbiylarning ilg’or tajribalari, bolalar sporti va boshqa targ’ibot mavzuidagi maqolalar ham berib borilayotir.
Xulosa qilib aytganda, sport qo’mitalarining nufuzi tobora oshib bormoqda. Ommaviy sport tadbirlari va xalq milliy o’yinlari ko’ngildagidek tashkil qilinmoqda. Sportchilar xalqaro sport musobaqalarida ulkan yutuqlarga erishmoqdalar. Kadrlar tayyorlash masalalarida jiddiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari, sport jamiyatlari bilan o’zaro hamkorliklar kuchaytirilmoqda. O’zbekiston Respublika­si qonunlari va hukumat qarorlarini amalga oshirish yulida katta mehnat qilinmoqda. Shu bilan birga omma­viy axborot vositalari xodimlari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish, ommaviy o’yinlarni o’tkazish haqida ko’rsatuv hamda maqolalar tayyorlaydigan jurnalistlarning ixtisoslashib borishiga e’tibor bersalar, foydadan holi bo’lmasdi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin