Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Sport mutaxassislarini tayyorlash



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə59/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

10.1.2. Sport mutaxassislarini tayyorlash

Ma’lumki, sport bilan shug’ullanuvchilardan jismo­niy chiniqish, texnik-taktik tayyorgarlik va shu sohada etarli darajada mahorat talab etiladi, Bu esa, o’z navbatida, tajribali murabbiyning katta mehnatini taqozo etadi. Bu ikki yo’nalish yaxlit bir tizim mazmuniga egadir. Shu sababdan talabalarni murabbiylikka o’rgatishda ularning sport mahoratini oshirish hamda murabbiy faoliyatlari bilan qurollantirish sport mutaxassisini tay­yorlash demakdir. Bu jarayonlar asosan, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida maxsus soha hisoblanadi va o’quv rejasida tegishli sport fanlariga alohida e’tibor berilgan. Ayniqsa, sport ixtisosligiga /spesializa­siya/ ajratilgan soatlar miqdori unda nazariy bilim va amaliy mashg’ulotlarga nisbatan ustun turadi. Oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulьtetlarida bu sohaga birmuncha pastroq nazar bilan qaraladi, faqat sport mahoratini oshirishga maxsus soatlar berilib, unda deyarli barcha diqqat-e’tibor etuk sportchi tayyorlashga qaratilgandir. O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, bu sohada max­sus dasturlar iishab chiqish, unda murabbiylikka tayyor­lash jihatlari ko’zda tutilmog’i lozim.




10.1.3. Ommaviy sport tadbirlari, sayohat, xalq milliy o’yinlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash

Sobiq Ittifoq davrining qayta qurish yillarida ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilish sohasida mutaxassislar /tashkilotchi-o’qituvchi/ tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu jarayon O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ham amalga oshirildi. 10 yildan ortiq davrda /1999 yilgacha/ ancha tashkilotchi-o’qituvchi tayyorlandi. Ularni amaliy ish faoliyatga tayyorlashda Toshkent shaxridagi tuman sport qo’mitalari, «Traktor», «Zenit», «To’qimachi», «Burevest­nik» sport klublari ish faoliyati bilan o’quv amaliyoti jarayonlarida tanishtirildi. Sport tashkilotlari va sport klublarida rahbarlik qilish usullari bilan qurollantirildi. Bunda ishlab chiqarish jamoalari, aholi turar-joylari, o’quvchi-yoshlarning ommaviy tadbirlari, sayohatlari, xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish yo’llariga alohida e’tibor berildi. Bu jarayonlar O’zbekiston Davlat jismonii tarbiya institutida ma’lum darajada davom ettirilmoqda.


Lekin shuni e’tirof etish zarurki, ba’zi bir sabablarga ko’ra tashkilotchilik sohasidagi ixtisosli xodimlar ishlab chiqarish korxonalari sport klublarida ish faoliyatini boshlamasdan avval o’qituvchilikka yoki umuman boshqa sohalarga o’tib ketmoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri shuki, joylarda ortiqcha shtatlar kam, qolaversa bitiruvchi mutaxassislarda amaliy tajribalar etishmaydi.
Xulosa shundayki, ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismo­nii tarbiya va sport hamda sayohat, xalq milliy o’yinlari bo’yicha bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilariga ko’proq e’tibor berish lozim.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin