X. IXTISOSLI XODIMLARNI TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
10.1. Jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning hozirgi kundagi xususiyatlari
10.1.1. Jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlash
O’zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim-tarbiya sohasida olib borayotgan islohotlari barcha sohalardagi kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida ham etuk mutaxassis xodimlarni tayyorlash, ularnnng ish faoliyatlarini davr talablari asosida tashkil qilish masalalarini eng muhim muammolardan biriga aylantirdi.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasi bo’yicha ixtisosli xodimlarning ish faoliyati jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport turlari bo’yicha murabbiylar, ishlab chiqarish korxonalarida uslubchi-tashkilotchi /metodist-organizator/, bolalar bog’chalarida uslubchi-o’qituvchi kabi sohalarga bo’linadi.
Jismoniy tarbiya mutaxassislari deganda, asosan, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, shu soha bo’yicha ilmiy muassasalar, malaka oshirish institutlari, fakulьtetlarining xodimlari tushuniladi. Ularning ish faoliyatlari dars berish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash va hokazolardan iboratdir, Bunday mutaxassislar O’zbekiston Davlat jismonii tarbiya instituta va respublika oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakulьtetlarida tayyorlanadi. O’rta ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash esa pedagogika bilim yurtlari, ba’zi bir texnikumlar hamda Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarida amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2000-2001 o’quv yilida 9 mingdan ortiq umumta’lim maktablar, kollej, lisey, gimnaziya, maxsus maktablar, o’rta maxsus bilim yurtlari hamda oliy pedagogika o’quv yurtlarida 17 mingdan ortiq jismonii tarbiya o’qituvchilari faoliyat ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich respublikadagi jismonii tarbiya va sport mutaxassislarining soniga nisbatan kariyb 70% ni tashkil etadi. Demak, o’quv yurtlari va bolalar tarbiyasi muassasalarida jismonii tarbiya mutaxassislariga bo’lgan talab va ehtiyojlar tabiiy ravishda optib boradi. Shu sababdan oliy va o’rta maxsus jismonii tarbiya kadrlarini tayyorlovchi o’quv yurtlari zimmasiga yanada katta mas’uliyatlar yuklanadi. E’tirof etish kerakki, mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirishda O’zbekiston Davlat jismonii tarbiya instituta, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Farg’ona Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteta, Andijon Davlat universiteti yaxshi samaralarga erishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |