Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Ilmiy kengashlar, doktorantura, aspirantura, magistratura haqida tushunchalar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə63/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

10.5. Ilmiy kengashlar, doktorantura, aspirantura, magistratura haqida tushunchalar

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning eng yuqori pog’onasi doktoranturadir. Buning negizida ixtisoslashtirilgan himoya ilmiy kengashlarn, aspiranturalar. magistraturalar mavjud. Bu jarayonlar O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institu­ta, O’zbekiston Respublikasi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida mavjuddir. Bular haqida qisqacha tushunchalar quyidagicha:


1. Ixtisoslashtirilgan himoya ilmiy kengashi Oliy attestasiya komissiyasi /VAK/ tomonidan tasdiqlanib, har yili a’zolari tarkibining kamida 30-40% yangilanib turadi. Ilmiy kengashda doktorlik, nomzodlik dissertasiyasi yoqlanadi. Dosentlik va professorlik ilmiy unvonlari masalasi ilmiy kengashlarda muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Oliy attestasiya komissiyasiga havola eti­ladi.

  1. Doktoranturada iqtidorli fan nomzodlari 3 yil davomida o’zlarining ilmiy tadqiqotlarini o’tkazuvchi va yakunlovchi bosqichdir.

  2. Aspirantura – fan nomzodi unvonini olish uchun 3 yil /sirtqi 4 yil/ davomida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi bosqichdir.

Magistratura – aniq ixtisoslik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriatdan keyin uning negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davomli oliy ta’lim.
Umuman olganda, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash murakkab va o’ta mas’uliyatli jarayondir. SHu sababdan ham tadqiqot mavzularini ishlab chiqarish, ular asosida tadqiqotlar o’tkazishga davr talablari hamda jahon ilm-fani andozalariga rioya qilishga to’g’ri keladi. CHunki, tadqiqot natijala­ri, nashr ishlari xalqaro maydonga chiqishi lozimdir.
O’zbekistonning ijtimoiy-madaniy va sportdagi nufuzi, shon-shuhratini oshirishda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, ularda faoliyat ko’rsatayotgan rahbar xodimlar, murabbiy va sportchilarning o’rni g’oyat kattadir. Ularni tayyorlash, ishga joylashtirish, vaqti etganda malakasini oshirib borish ham o’ta dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Bunday murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni amalga oshirishda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti va respublika oliy o’quv yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya fakulьtetlari, turli tarmoqlarda mav­jud bo’lgan malaka oshirish institutlari, fakulьtetlari va kurs-seminarlarning ijodiy faoliyatlari diqqatga sazovordir.
Bu yo’lda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat ta’limi standartlarida belgilangan tartib va qoidalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E’tiborli tomonlaridan yana biri shundaki, sport tashkilotlari va jamiyatlarining quyi bosqichlarida ommaviy sport-sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasi, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlarini tashkil qilishda jamoatchi faollarning xizmati olqishga sazovordir. Ular­ni tayyorlash va malakalarini oshirishda murabbiylar, o’qituvchilar, hakamlar ijodiy ravishda mehnat qilmoqdalar.
O’zbekistonda milliy qadriyatlardan hisoblangan xalq milliy o’yinlarining o’ziga yarasha o’rni va mavqei bor. Shu sababdan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tar­biya va sport hamda xalq milliy o’yinlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash, amaldagi xodimlarning malakalari­ni oshirishda davr talablarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin