XI. BOSHQARISH USULLARI: TASHKILIY FARMOYISH BERISH VA IJTIMOIY-IQTISODIY USULLAR
11.1. O’zbekistonda boshqarish usullarining xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatlarini tashkil qilishda boshqarish
usullaridan foydalanishning mohiyati
11.1.1. O’zbekistonda boshqarish usullarining xususiyatlari
O’zbekistonda mustaqillikning tantana qilishi va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy islohotlarning davom etishi davlatni idora qilish va barcha faoliyatlarni tashkil qilishda yangicha ish usullarini qo’llashni taqozo etadi. Bu usullarning shakli, mazmuni va asosiy maqsadlari qabul qilingan qonunlar, qarorlar va O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, ma’ruzalari va turli uchrashuvdagi bayonotlarida o’z aksini topmoqda. Bu jarayonlar jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatiga ham tegishlidir.
Jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari, yo’llari va shakllari kun sayin boyib, ravnaq topmoqda.
O’zbeksitonda turli idoralar /konsern, kompaniya va hokazolar/ hamda savdo, tijorat, shirkat, fermer xujaliklarning vujudga kelishi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqarish usullarining yangi tartib-qoidalariga rioya qilishni taqozo etmoqda. Chunki bunday idoralar, xo’jalik tashkilotlari va boshqa jamoalar o’z faoliyatlarini maxsus nizomlar asosida tashkil etmoqda. Bu tashkilotlar asosan o’zini o’zi boshqarish, moliyaviy ta’minot xususiyatiga ega bo’lgan holda mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatish huquqlariga egadir. SHu sababdan ham sport tashkilotlari bunday yo’nalishdagi idoralar, tashkilotlar hamda xo’jalik jamoalari bilan o’zaro kelishgan holda ish olib borishlariga to’g’ri keladi.
11.1.2. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatlarini tashkil qilishda boshqarish usullaridan foydalanishning mohiyati
O’zbekistonning mustakilligi avvaldan mavjud bo’lgan boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan tamoman voz kechishni yoki ularni yangi davr sharoiti hamda talablariga qarab ishlatishni taqozo etmoqda. Bu jihatlar sport tashkilotlari va jamiyatlari tizimidagi barcha sohalarda ham o’z yo’liga tushib bormoqda. Yuqorida qayd etilgan ba’zi ish usullari o’rniga tashabbuskorlik, ijodkorlik va fidokorlik kabi yangi usullar tarkib topdi. Ular ommaviy sport tadbirlari, xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish, sport turlari buyicha komandalar tuzish, ularning sport mahoratlarini oshirish, xotin-qizlarni sportga jalb etish, sportni moddiy va moliyaviy ta’minlash ishlarida keng qo’llanilmoqda va o’zining ijobiy samaralarini bermoqda.
O’zbekiston Prezidenti sovrini uchun kurash, tennis, boks va boshqa bir qator xalqaro turnirlarning an’anaga aylanishi, futbol, voleybol, engil atletika hamda sharqona yakkakurash turlari bo’yicha Markaziy Osiyo o’yinlari, boshqa rasmiy xalqaro sport musobaqalarida respublika sportchilarining doimiy ravishda ishtirok etib kelishi sport tashkilotlari, terma komandalar mashg’ulotlarni uyushtirishda xalqaro andozalar va tajribalarga tayanishini talab qilmoqda. Bu, o’z navbatida, boshqaruv faoliyatlarida ishga yangicha munosabatda bo’lish, zarur moddiy-texnik manbalardan foydalanishi hamda o’zini o’zi moliyaviy ta’minlash yo’lida izlanish, tadqiqotlar o’tkazishni taqozo etmoqda.
Ta’kidlash zarurki, sport klublar, o’quv yurtlari va turli muassaslarning boshlang’ich jismoniy tarbiya jamoalari ham boshqaruvning turli-tuman yangi usullarini qo’llashlari lozim bo’ladi. Bunda o’quvchi va mehnatkash yoshlar, ziyolilarning tashabbuslari, ijodkorligiga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, teleradio kompaniya xodimlari har yili sport turlari bo’yicha o’zlarining respublika, Toshkent shahar birinchiliklarini muvaffaqiyat bilan o’tkazmoqda. Bu odat tusiga kirgan tashabbuskorlik va ijodkordikning namunasidir.
Dostları ilə paylaş: |