Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


VII. SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə39/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

VII. SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH


7.1. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar

Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab etishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar O’zbekiston muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mehnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’qotmadi.


O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridash tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib etish-tirish muammolarini qo’ymoqda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari, kollej, lisey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qiziqish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va usmirlarning jismoniy tayyorgarligi, ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning xalqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlaydi. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yuqori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol o’ynaydi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin