119
10-VAZIYAT
Yuridik shaxsga turar joyni
ijaraga beruvchi xodimning
daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi.
Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 850 000 so‗m haq
to‗langan, yil boshidan jami daromad -1 700 000 so‗mni (850 000 x 2)
tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m
bo‗lgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish
to‗g‗risida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1000 000
so‗m ijara haqi oladi.
Jismoniy shaxslarning turar joyni ijaraga topshirishchdan oladigan
daromadlariga soliq solish ijara (yollash)
shartnomasida nazarda
tutilgan to‗lovdan kelib chiqib amalga oshiriladi,
biroq u turar joyni
ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun belgalangan eng kam ijara
haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam bo‗lmasliga
kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).
Toshkent shahrida bir oylik ijara to‗lovining eng kam miqdori etib
1 kv.m turar joy uchun - 4 500 so‗m; Nukus va viloyat bo‗ysunuvidagi
shaharlarda – 3 000 so‗m; boshqa aholi punktlarida - 1500 so‗m
belgilangan.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik
stavka bo‗yicha JSHDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).
SHJBPHga badallar ish beruvchi va xodim o‗rtasida
tuzilgan
mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma
bo‗yicha bajarilgan ishlar uchun olingan
daromadlardan hisoblab
yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad bo‗lganligi
va ishlar bajarish bilan bog‗liq bo‗lmaganligi bois, undan SHJBPHga
ajratmalar qilinmaydi.
Ijara haqidan JSHDS summasini hisoblaymiz.
Mazkur holatda
uning eng kam summasi 225 000 so‗mni (4500 x 50) tashkil etadi, u
haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada
nazarda tutilgan
summadan soliq hisoblanadi:
1 000 000 x 7,5% = 75 000 so‗m.
Yanvar-fevral oylari uchun xodimning mehnatga haq to‗lash
tarzidagi daromadidan 7,5%lik stavka bo‗yicha soliqni hisoblaymiz:
(1 700 000- 344 480) x 7,5% =101664 so‗m.
Yanvar oyida 50 832 so‗m soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi
soliq summasi 50 832 so‗mga (101664 - 50 832) teng.
120
SHJBPHga majburiy badallar 27110,4 so‗mga ((1700 000 - 344
480) x 2%) teng.
Yanvar oyida SHJBPHga 13 555,2 so‗m o‗tkazilgan,
fevral oyida
ajratmalar 13 555,2 so‗mni (27110,4-13 555,2) tashkil qiladi.
Fevral oyi uchun byudjetga 37 276,8 so‗m soliq (50 832 - 13
555,2) o‗tkaziladi.
Majburiy sug‗urta badallari 68 000 so‗mni (850 000 x 8%) tashkil
etadi.
Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin xodimga
1656 168 so‗m (850 000 +1000 000 - 75 000 - 50 832 - 68000) to‗lana-
di.
Dostları ilə paylaş: