Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

KEYS-STADI MAZMUNI 
Kirish 
Respublikamiz soliq tizimida jismo-
niy shaxslarning jami daromadlarini dek-
laratsiyalash orqali soliqqa tortish iqti-
sodiy islohotlarning dastlabki vaqtlardan 
katta e‘tibor berila boshlangan edi, ayniq-
sa bu boradagi O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi 
―Jismoniy shaxslarning jami daromadini 
deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖ 
PF-3127-sonli 
Farmonida
14
belgilangan 
talablarni 
bajarishda jami daromadlarni deklaratsiyalash muhimligiga alohida 
e‘tibor qaratilgan. Respublikamizda aholi daromadlari oshib borishi, 
ularning real pul daromadlari midqorining yil sayin mustahkamlanishi, 
qolaversa, aholi daromadlarining tarkibining o‗zgarishi (transfor-
matsiyalashuvi) va unda tadbirkorlik va qimmatli qog‗ozlardan 
keladigan daromadlarning ham oshib borishi bunday daromadlarni 
soliqqa tortishda deklaratsiyalash usulining ham rolining oshishini 
taqozo etib bormoqda. 
Fikrimizcha, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqqa tortish 
mexanizmidagi muammolardan ko‗ra, aholi daromadlarini oshirish va 
ularni qonuniyligini ta‘minlashga doir muammolar ko‗proq. Chunki, 
haqiqiy erishilgan va qonuniy asosiga ega bo‗lgan daromadlarni 
soliqqa tortish mexanizmi davr talabiga mos ravishda shakllantirilgan. 
Bu bilan jismoniy shaxslarning olayotgan barcha daromadlari soliqqa 
tortilayapti, deb bo‗lmaydi. Fikrimizcha soliq deklaratsiyasiga "bu 
soliq to‗lovchilar tomonidan o‗zlarining olgan daromad manbalari va 
miqdorlari haqida tizimlashgan axborotlarni tegishli davlat organlariga 
taqdim etish shakli va vositasi" deb ta‘rif berish lozim. Shu jihatdan 
olganda soliq deklaratsiyasining o‗ziga xos xususiyatlari namoyon 
bo‗ladi. Soliqlarning muhim xususiyati soliq manbalari va obyektlarini 
aniqlash va uni ko‗paytirishning muhim vositasi ekanligidir. Bu 
xususiyati soliq xizmati organlari qo‗shimcha soliq manbalari haqida 
ma‘lumotga ega bo‗lib, ulardan xabardorligi oshadi. Soliq 
14
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi "Jismoniy shaxs-
larning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-
tadbirlari to‗g‗risi"da PF-3127-sonli farmoni. 


179 
deklaratsiyasining keyingi muhim xususiyati u soliq to‗lovchilarga 
o‗zlariolgan daromadlarining soliqqa tortilish darajasini o‗lchab beradi. 
Ya‘ni soliqqa tortilmay qolgan qismi yoki ortiqcha to‗langan soliqlar 
xususida axborotga ega bo‗ladi. Yana bir xususiyati uning soliq 
to‗lovchilarning soliq savodxonligini oshirishga xizmat qilishi hamda 
soliqlar yig‗iluvchanligi darajasini oshirishga xizmat qilishidir. 
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga 
imkon yaratadi: 
-
o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash; 
-
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 
-
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash
-
jismoniy 
shaxslardan 
undiriladigan 
soliqlarni 
hisoblash 
uslubiyatini o‗zlashtirish darajasini tekshirish. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin