180
4.
Agar chet ellik jismoniy shaxs – O‗zbekiston Respublikasining
rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga
chiqib ketayotgan bo‗lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‗yicha
deklaratsiya taqdim etadimi yoki yo‗q?
5.
Agar qo‗shma korxona xodimlari (chet ellik shaxslar) 2015
yilda jami 183 kun va undan ortiq muddat O‗zbekistonda turgan
bo‗lsalar soliqqa tortish tartibi qanday bo‗ladi?
6.
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarisoliqqa
tortish tartibini o‗zgarishiga sabab bo‗la oladimi?
7.
Chet ellik jismoniy shaxsning – O‗zbekiston Respublikasi
rezidentining daromadlariga belgilangan tartibda soliqqa tortish tartibi
qo‗llaniladimi?
8.
Qo‗shma korxonaning rezidentlari o‗z vaqtida – 1 aprelgacha
soliq inspektsiyasiga jami yillik daromadingiz to‗g‗risida deklaratsiya
topshirishga ulgurdi, lekin bunda soliq inspektsiyasidan to‗lov
xabarnomasini olib, byudjetga jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‗ini (JShDS) qo‗shimcha to‗lash kerakligini biladi. Buni
qanday muddatlarda qilish kerak? Soliqni qismlarga bo‗lib to‗lash
mumkinmi yoki bir yo‗la to‗lash kerakmi?
Dostları ilə paylaş: