Jismoniy shaxslar


PF-4354 -sonli Farmonga ko‗ra, kichik biznes  va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha  2011 yilning 1



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

PF-4354
-sonli Farmonga ko‗ra, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha 
2011 yilning 1 


216 
oktabridan
quyidagi huquqiy me‘yorlar, tartiblar va imtiyozlar 
belgilandi: 
- tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat 
boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, 
tijorat banklari bilan o‗zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari 
ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya‘ni, unga muvofiq, me‘yoriy-
huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha ziddiyatlar va 
noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi; 
- 2011 yil 1 sentabrdan kichik biznes subyektlaridan tijorat 
banklarida milliy valyutada hisobraqami ochganlik uchun to‗lov 
undirishni bekor qilindi
- xo‗jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid 
qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan 
foydalangan holda to‗lovlarni amalga oshirishda to‗lov terminallari 
cheklarini 
birlamchi buxgalterlik
hujjatlariga tenglashtirildi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassa-
salariga 
eng kam ish haqining yigirma barobari
miqdorigacha bo‗l-
gan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi berildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi 
«O‗zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko‗rsatish 
sohasini rivojlantirish dasturi to‗g‗risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga 
asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi 
mahallalar hududida maishiy xizmat ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi 
yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal, mai-
shiy texnika ta‘mirlash bo‗yicha ustalar va boshqalar) 3 yil muddatga 
hamda qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi asosida barpo 
etilayotgan massivlarda kirxona xizmatlarini amalga oshiruvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar 5 yil muddatga qat‘iy belgilangan soliq 
to‗lashdan ozod etish kabi imtiyozlar taqdim etilgan edi. 
Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 390-
moddasiga asosan konsert-tamosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi 
uchun davlat boji to‗lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi 
bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq to‗lashdan ozod etilgan. 
Shuningdek, Soliq kodeksining 311-moddasiga muvofiq yuridik 
shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan) holda tuzilgan dehqon 
xo‗jaliklarining a‘zolari sug‗urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga 
eng kam ish haqining to‗rt yarim baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda 
to‗laydi. Belgilangan miqdordagi sug‗urta badallarining to‗lanishi 


217 
dehqon xo‗jaligi a‘zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil 
deb hisobga olinadi. 
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‗lgan, shuningdek I va 
II guruh nogironlari bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 
yuridik shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan) holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaliklarining a‘zolari uchun sug‗urta badalining miqdori 
uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
 
Soliq kodeksining 54-moddasiga o‗zgartirish kiritilib, 2015 yildan 
yuridik shaxslar singari yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham soliq 
tekshiruvlarda qo‗shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini 6 oy 
mobaynida teng ulushlarda bo‗lib-bo‗lib to‗lashga huquq berildi. 
―O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish 
va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi O‗RQ-379-sonli qonuniga 
asosan:
-
Soliq kodeksining 311-moddasiga o‗zgartirish kiritilib, yangi 
ro‗yxatdan o‗tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga 
oshiruvchi oila a‘zolari tomonidan sug‗urta badallarini to‗lash ular 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan 
keyingi oydan boshlab amalga oshirilishi; 
- Soliq kodeksining 375-moddasi beshinchi va oltinchi qismlar 
bilan to‗ldirilib, yangi ro‗yxatdan o‗tgan yakka tartibdagi tadbirkor, 
shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat‘iy belgilangan soliqni 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan 
keyingi oydan boshlab to‗lashlari belgilandi. 
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin 
o‗n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan 
o‗tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan 
o‗tgan sanadan e‘tiboran 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin