Jismoniy shaxslar


soliq stavkalari va soliq imtiyozlari



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

soliq stavkalari va soliq imtiyozlari 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavka-
lari O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi hamda 
soliq to‗lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‗mitasi va uning 
quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. Soliq 
stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori asosida qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. 
2019 yil uchun soliqning stavkalari quyidagi miqdorlarda 
belgilangan: 
 
6.1.-jadval 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 
STAVKALARI
24
 
 

Soliq solinadigan obyektlarning nomi 
Soliq stavkasi, mol-mulkning 
kadastr qiymatiga nisbatan 
%da* 

Turar joylar va kvartiralar, dala hovli qurilmalari 
(umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‗lganlari 
bundan mustasno), boshqa imoratlar, xonalar va 
inshootlar 
0,2 

Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha 
bo‗lgan turar joylar va kvartiralar: 
200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‗lgan 
0,25 
500 kv.m dan oshiq bo‗lgan 
0,35 

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 
200 kv.m dan oshiq bo‗lgan turar joylar va kvartiralar, 
dala hovli qurilmalari 
0,25 
*) Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish 
maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib 
belgilanadi, biroq 42 000 ming so‗mdan kam bo‗lmasligi kerak.
24
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston 
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida»gi PQ-
4086-son qaroridan olindi. 


227 
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari belgilagan 
kadastr qiymati bo‗lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus 
shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming so‗m, 
boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 90 000 ming so‗m miqdorida 
mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. 
Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro‗yxatga olinmagan yangi 
qurilgan turar joylar bo‗yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari 
miqdoridan kelib chiqib undiriladi. 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy 
shaxslar uchun mol-mulk solig‗idan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
imtiyozlarni qo‗llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy 
maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi. 
Jismoniy shaxslar tomonidan soliq solinadigan obyektlardan 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda yohud ularni yuridik 
shaxslarga yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berilganda 
shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi obyektlari 
noturar joy fondi toifasiga o‗tkazilganda yoki ular tomonidan noturar 
joy fondi obyektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid 
qilinganda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo‗yicha to‗lanadi. 
Soliq kodeksining 275-moddasiga muvofiq quyidagilarning 
mulkida bo‗lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq solinmaydi: 

―O‗zbekiston Qahramoni‖, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat 
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‗lgan, uchala darajadagi Shuhrat 
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha 
―O‗zbekiston 
Qahramoni‖ 
unvoni 
berilganligi 
to‗g‗risidagi 
guvohnoma, 
Sovet 
Ittifoqi 
Qahramoni, 
Mehnat 
Qahramoni 
daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‗yicha 
bo‗limning ma‘lumotnomasi asosida beriladi;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun 
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. 
Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli 
guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‗limining yoxud boshqa vakolatli 
organning 
ma‘lumotnomasi 
asosida, 
boshqa 
nogironlarga 


228 
(qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga 
bo‗lgan huquqi to‗g‗risidagi guvohnoma asosida beriladi; 

o‗n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur 
imtiyozni berish uchun fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organining 
bolalar borligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomasi asos bo‗ladi;

pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida 
beriladi;

I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohno-
masi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma‘lumotnomasi 
asosida beriladi;

sobiq SSSRni, O‗zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar 
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‗ida 
yaralanganligi, kontuziya bo‗lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida 
yoxud frontda bo‗lish bilan bog‗liq kasallik tufayli halok bo‗lgan 
harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-
onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz ―Halok 
bo‗lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)‖ yoki ―Ichki 
ishlar organlari halok bo‗lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, 
otasi)‖ shtampi qo‗yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan 
muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan 
tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 
Agar mazkur shaxslar pensioner bo‗lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR 
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‗mitasi yoki Ichki ishlar 
vazirligining, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 
Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli 
organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar 
organi xodimining halok bo‗lganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma 
asosida beriladi. Sobiq SSSRni, O‗zbekiston Respublikasining 
konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud 
ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish 
chog‗ida yoki frontda bo‗lish bilan bog‗liq kasallik tufayli halok 
bo‗lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari 
xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi 
nikohdan o‗tmagan taqdirda beriladi. 

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‗liq uzib 
qo‗yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi 
shaxslar — muqobil energiya manbalari o‗rnatilgan oydan e'tiboran 


229 
uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan 
to‗liq uzib qo‗yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish 
to‗g‗risida energiya ta'minoti tashkilotlari tomonidan berilgan 
ma'lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‗ladi. 
O‗n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, pensionerlar, I va II 
guruh nogironlari uchun mol-mulk solig‗idan nazarda tutilgan 
imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon 
o‗lchami doirasida beriladi. 
Soliq 
kodeksining 
275-moddasida 
belgilangan 
imtiyozlar 
mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli 
bo‗ladi. Mazkur imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik 
faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga 
nisbatan qo‗llanilmaydi. 
Yuqorida keltirilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‗lgan 
jismoniy shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni 
mustaqil ravishda taqdim etadilar. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin