6.2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to„lovchilari, soliq obyekti va bazasi Soliq kodeksining 272-moddasiga muvofiq mulkida soliq
solinadigan mol-mulki bo‗lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari,
shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda
tuzilgan dehqon xo‗jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni to‗lovchilari bo‗lib hisoblanadi.
Agar ko‗chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash
imkoni bo‗lmasa, shuningdek ko‗chmas mulk mulkdori vafot etgan
taqdirda, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki)
foydalanishida bo‗lsa, o‗sha shaxs soliq to‗lovchidir.
Jismoniy
shaxslarning
O‗zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan uy-joylari, kvartiralari, dala hovli imoratlari, garajlar va
boshqa imoratlari, joylar, inshootlar soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tka-
zuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining
kadastr qiymati to‗lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‗yicha vakolatli
organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud
bo‗lmagan
taqdirda,
mol-mulkning
qonun
hujjatlari
bilan
belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir, ya‘ni
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan mol-mulkning shartli
qiymati belgilanadi hamda o‗rnatilgan stavkalar asosida soliqqa
tortiladi. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‗yicha
226
to‗lovchi bo‗lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt
bo‗yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
6.3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning