Jismoniy shaxslar


 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
6.4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni 
hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash tartibi 
Jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati 
uchun foydalangan yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy 
shaxslarning mulkida bo‗lgan yashash uchun mo‗ljallanmagan joylar 
bo‗yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik 
shaxslar uchun belgilangan stavka bo‗yicha to‗lanadi, ushbu 
moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat 
qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, 
xizmatlar ko‗rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk solig‗i 
jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo‗yicha to‗lanadi. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab 
chiqarish soliq to‗lovchining yashash joyidan qat‘i nazar, soliq solish 
obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi 
organning ma‘lumotlari asosida amalga oshiriladi. 


230 
Soliq kodeksning 275-moddasida ko‗rsatilgan imtiyozlarni olish 
huquqiga ega bo‗lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 
mol-mulkning 1 yanvarga bo‗lgan holatiga ko‗ra kadastr qiymatidan va 
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo‗lgan 
imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning 
ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda 
to‗lanadi. Mol-mulkka bo‗lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida 
bir mulkdordan boshqasiga o‗tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning 
mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 
yanvaridan e‘tiboran u mol-mulkka bo‗lgan mulk huquqini yo‗qotgan 
oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk 
huquqi vujudga kelgan oydan e‘tiboran to‗lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‗yicha jismoniy 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan 
keyingi yil boshidan e‘tiboran to‗lanadi. 
Meros bo‗yicha o‗tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning 
mol-mulkiga solinadigan soliq merosxo‗rlarda mulk huquqi vujudga 
kelgan oydan e‘tiboran to‗lanadi. Soliq solish obyekti yo‗q qilingan, 
vayron bo‗lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo‗q qilingan, vayron 
bo‗lgan yoki buzib tashlangan oydan e‘tiboran to‗xtatiladi. Soliq 
summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat xokimiyati organi 
yoki fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organi tomonidan berilgan 
yo‗q qilinganlik, vayron bo‗lganlik, buzib tashlanganlik faktini 
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‗lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal 
qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga 
kelgan (amal qilishi tugagan) oydan e‘tiboran amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‗lash 
to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomasi soliq to‗lovchilarga davlat soliq 
xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri 
uchun to‗lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi. 


231 
Agar soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‗langan 
bo‗lsa, soliq va yig‗imlar bo‗yicha qarzlar mavjud bo‗lmasa, ushbu 
summalar uning yozma arizasiga ko‗ra o‗ttiz kun ichida soliq 
to‗lovchiga qaytariladi yoki bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd etiladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin