soliq solish bazasi
hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv
hajmi suv o‗lchagich asboblarining ko‗rsatkichlari asosida aniqlanadi.
5.4-jadval
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqning 2019 yil uchun belgilangan
STAVKALARI
21
To‗lovchi
1 m
3
uchun stavka, (so‗m)
Yer usti suv
resurslari
manbalari
Yer osti suv
resurslari
manbalari
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suvdan
foydalanadigan jismoniy shaxslar
120
150
Suvdan o‗lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi
suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste‘molining texnologik
va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‗orish
normalaridan yoki ma‘lumotlarning to‗g‗riligini ta‘minlovchi boshqa
usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‗lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib
foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini
yuritadilar.
21
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida»gi PQ-
4086-son qaroridan olindi.
211
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq
solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‗jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki
suv iste‘moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi
yakun bilan soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha taqdim
etiladi.
Soliq davri mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlar suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‗yicha joriy to‗lovlarni
to‗laydilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davrida suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‗yicha yilning har choragi
uchinchi
oyining
25-kunidan
kechiktirmay
suv
resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq yillik summasining to‗rtdan bir qismi
miqdorida joriy to‗lovlar to‗lanadi.
Soliq davri mobaynida mo‗ljallanayotgan soliq solinadigan baza
o‗zgargan taqdirda, soliq to‗lovchi suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq summasi to‗g‗risida aniqlashtirilgan ma‘lumotnoma
taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy
to‗lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o‗zgarish
summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash
joriy to‗lovlar hisobga olingan holda soliq to‗lovchilar tomonidan,
suvdan foydalanish yoki suv iste‘moli joyida, hisob-kitob taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
bo‗yicha joriy to‗lovlar summasi hisob-kitobga ko‗ra byudjetga
to‗lanishi lozim bo‗lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq
miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy
to‗lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy
summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab
chiqadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lashni
to‗lovchilar tomonidan suvdan foydalanish yoki suv iste‘moli joyida
212
hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga
oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati davomida yer
qa‘ridan foydali qazilmalarni kavlab olgan, mineral xomashyodan yoki
texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olgan
holda yer qa‘ridan foydalangan holatlarda yer qa‘ridan foydalanganlik
uchun soliqni to‗laydilar.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar
uchun kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer
qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor
mahsulotlar ro‗yxati O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
bilan belgilanadi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va
realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish,
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‗z iste‘moli va
boshqa ehtiyojlari uchun mo‗ljallangan foydali qazilma (foydali
komponent) tayyor mahsulot deb e‘tirof etiladi.
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‗yicha
alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
- sanoat yo‗sinida dastlabki qayta ishlovdan o‗tkazilgan kavlab
olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‗shilib chiqadigan foydali
qazilmalar va foydali komponentlar;
- uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin
oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan
foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan
foydali komponentlar.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal
texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga
qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti
bo‗lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu
jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho
metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho
toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish
uchun kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining
hisobot davri uchun o‗rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida
hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.
213
Hisobot davri uchun o‗rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har
bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‗yicha alohida,
pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‗shilgan qiymat
solig‗i va aksiz solig‗ini chegirgan holda) naturada ifodalangan
realizatsiya qilish hajmiga bo‗lish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‗lsa,
soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi
hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‗rtacha
olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq
solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab
olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi. Bunda soliq to‗lovchi realizatsiya qilish amalga
oshirilgan
o‗sha hisobot davrida hisoblangan yer qa‘ridan
foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan
o‗rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni
kiritishi shart. Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya
qilingan yoki topshirilgan taqdirda o‗rtacha olingan bahoni hisob-kitob
qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan
baholardan yuqori bo‗lmasligi kerak. Tayyor mahsulot (tayyor
mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish
uchun xomashyo bo‗lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil
qilingan mahsulot) o‗zining ishlab chiqarish yoki xo‗jalik ehtiyojlari
uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan
baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab
chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jimoniy shaxslar
uchun — soliq davri va hisobot davri kalendar yil hisoblanadi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan
va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‗yicha hisob-kitoblar
Jismoniy shaxslar tomonidan - yiliga bir marta, soliq davridan keyingi
yilning 1 fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yer qa‘ridan
foydalanganlik uchun soliq jismoniy shaxslar tomonidan - hisob-kitob
taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay to‗lanadi.
Hisobotni taqdim etmaganlik, o‗z vaqtida taqdim etmaganlik yoki
belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun:
214
- O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasiga
asosan - Sоliq hisоbоtini o‗z vaqtida taqdim etmaganlik va kameral
nazоrat natijalari bo‗yicha aniqlangan tafоvutlar asоslarini yoxud
aniqlashtirilgan sоliq hisоbоtini belgilangan muddatda taqdim
etmaganlik uchun sоliq to‗lоvchi – yuridik shaxsning mansabdоr
shaxsi yoki sоliq to‗lоvchi – jismоniy shaxs mahmuriy javоbgarlikka
tоrtiladi.
- O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi
kodeksining 174-moddasiga asosan fuqarolarga eng kam ish haqining
bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |