338
tayinlanadi. Saylanish yoshi 30 yosh va saylov muddati 6 yil
belgilangan. Saylovda beshta partiya ishtirok etadi. Mamlakat
iqtisodiyoti yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir.
Yaponiya soliq tizimi shakllanishi.
To‗g‗ri va egri soliqlar 1940
yillardan so‗ng rivojlanishini boshladi. 67 foizni egallagan to‗g‗ri
soliqlarning 64 foizini daromad solig‗i egallardi. Yaponiyadagi Soliq
tizimining islohotiga AQSh faylasuf-professori Karls Shoupning
tavsiyalari katta ta‘sirini o‗tkazdi. Shundan so‗ng Yaponiya soliq tizimi
rivojlanishining etaplari ishlab chiqildi:
1945-49 y.y. Iqtisodiy tartibsizlik davri.
1950-59 y.y. Iqtisodiy tiklanish va barqarorlik davri.
1960-69 y.y. Iqtisodiy rivojlanish davri.
1970-hozirgacha. Xalq farovonligini yaxshilash davri.
Yaponiya soliqlari.
Yaponiyada davlat va mahalliy soliqlar
mavjud. Mamlakatda 3045 ta shahar, shaharchalar, rayonlarni
birlashtiruvchi 47 prefektura bo‗lib, ularning har biri o‗zining mustaqil
byudjetiga ega. Soliqlarning taqsimlanishi xuddi ularni to‗plashning
ko‗zgudagi aksidek: Moliya resurslarining 64,2 foizi mahalliy
mablag‗lar sifatiga sarflanib 35,8 foizi esa umumdavlat funktsiyalari-
ning amalga oshirilishini taminlaydi. Yaponiyada soliqlar umumdavlat
va mahalliy soliqlarga bo‗linadi.
10.7-jadval
Dostları ilə paylaş: