Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

31
 
http://www.moneychimp.com/features/tax_brackets.htm
 


331 
solinadigan daromad 8350 dollarga teng bo‗lgan bo‗lsa, 2010 yilda bu 
miqdor 8375 dollarni tashkil etgan, xuddi shuningdek, oilali birgalikda 
(oilaviy daromadidan) 33 foizli stavkada soliq solinadigan daromad 
2009 yilda 208850 dollar miqdorida belgilangan, 2010 yilga kelib bu 
miqdor 209250 dollarga oshgan. Ushbu holatda soliq stavkalari 
o‗zgarmaganligi bilan, har bir pog‗onalarda soliq solinadigan daromad 
miqdorining oshirilishi jismoniy shaxsning daromad solig‗i yuki 
kamayishiga xizmat qiladi. 
10.2-jadval 
Amerika Qo„shma Shtatlarida jismoniy shaxslar
daromad solig„i stavkalarining o„zgarishi
32
 
 
1993-2000 yillar 
2001 yil 
2002 yil 
2003-2010 yillar 
15 % 
15 % 
10 % 
10 % 
15 % 
15 % 
28 % 
27,5 % 
27 % 
25 % 
31 % 
30,5 % 
30 % 
28 % 
36 % 
35,5 % 
35 % 
33 % 
39,6 % 
39,1 % 
38,6 % 
35 % 
AQShda so‗nggi yillardagi jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‗i stavkalari pasayish tendensiyasiga ega (10.2-jadval). 
AQShda 1993 yildan 2010 yilgacha bo‗lgan davrda jismoniy 
shaxslar daromad solig‗ining quyi stavkasi 15 foizdan 10 foizga 
pasaygan bo‗lsa, yuqori stavkasi 39,6 foizdan 35 foizga pasaygan. Shu 
bilan birga 1993 yildan 2002 yilga qadar ushbu soliq besh pog‗onada 
undirilgan bo‗lsa, 2002 yildan boshlab hozirgacha olti pog‗onada 
undirilmoqda.
AQShda jismoniy shaxslar daromadini hisoblash 3 bosqichda 
amalga oshiriladi. 

jami daromad - ish haqi, qimmatbaho qog‗ozlardan olingan 
daromad, stipendiya, renta to‗lovlari, ko‗chmas mulk ajratmalari. 

aniqlangan daromad - jismoniy shaxslarga berilgan imtiyozlar, 
ishlab-chiqarish yoki savdo imtiyozlari, qimmatli qog‗ozlar savdosidan 
olingan daromad, avans to‗lovlari, pensiya ajratmalari, ishsizlik 
ajratmalaridir.

soliqqa tortiladigan daromad - daromad solig‗ini hisoblashda 
ijtimoiy ta‘minot xarajatlari, tabiiy ofatlardan yo‗qotishlar (agar 
32
http://www.moneychimp.com/features/tax_brackets.htm
 


332 
daromadning 10 foizidan oshsagina hisobga olinadi), tibbiyot maqsa-
dida qilingan xarajatlar (aniqlangan daromadning 7,5 foizigacha), 
tajriba xarajatlari, malaka oshirish xarajatlari, xizmat safarlari 
xarajatlari. Ushbu xarajatlar daromad solig‗ini hisoblashda daromaddan 
chegirib tashlanadi (ushbu imtiyozlar yalpi daromadning 50 foizigacha 
bo‗lishi mumkin)
33
.
Soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor – AQSh qonunchiligida 
nazarda tutilgan standart chegirma deb ataluvchi imtiyozga yaqindir. 
Standart chegirma soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor bilan 
baravar ravishda qo‗llanilib kelinadi. U qat‗iy belgilab qo‗yilgan 
summada, masalan, 5,5 ming dollar bilan (yolg‗iz soliq to‗lovchilar 
uchun), 11 ming dollar bilan (er-xotinlar uchun) va 2 ming dollar bilan 
(bir uy xo‗jaligidagi har bir shaxs uchun) ifodalanadi. Masalan, to‗rt 
kishidan iborat bir oila – 8 ming dollar standart chegirmaga ega. 
AQShdagi imtiyozning muhim jihati shundan iboratki, soliq to‗lovchi 
standart chegirma o‗rniga o‗z xarajatlarini moddalar bo‗yicha hisoblash 
usulini qo‗llashi mumkin. Bu xarajatlarni jami daromaddan chiqarib 
tashlashga ruxsat etiladi (tibbiy xizmat va dori-darmon sotib olish 
xarajatlari; stomatologiya xizmatlariga haq to‗lash; ipoteka krediti 
bo‗yicha to‗lanadigan foizlar va shu kabilar). 
AQSh shtatlar soliqlari.
Har bir shtatning (federal tizimdan 
alohida) o‗z soliq tizimi bor. Shtatlar korporatsiyalardan va 
fuqarolardan daromad solig‗i undiradi. Chunonchi, shtat o‗z hududida 
muayyan kompaniyaning binolari joylashgan yoki hizmatchilari 
ishlayotgan bo‗lsa, kompaniya daromadlaridan soliq undirish huquqiga 
ega bo‗ladi. Biroq kompaniya shtat hududida binoga ham, 
hizmatchilarga ham ega bo‗lmasligi mumkin, lekin savdo qilishi va 
foyda olishi mumkin (ayniqsa, kataloglar bo‗yicha savdo qilish keng 
tarqalgan bir sharoitda). Bunday hollarda shtatlarning kompaniyalarni 
soliqqa tortishi qonuniyligi masalasi dolzarb bo‗lib qoladi. 
Mol – mulk (shtat) solig‗ini yuridik va jismoniy shaxslar 
to‗laydilar. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan 
soliq ko‗pchilik shtatlarda undiriladi. Soliq stavkalari shtatlar bo‗yicha 
farqlanadi. Ko‗chmas mulkni baholash bilan shug‗ullanadigan soliq 
idorasi xizmatchilari soliq baholovchilari, deb nomlanadilar. Mol-mulk 
solig‗i tushumlari hokimiyat tuzilmalarining barcha darajadagi soliq 
33
Налоговая система зарубежных стран. Уч. для вузов. М.: Финансы и статистика, 2007. 
– 218 с. 


333 
tushumlarining sal kam 9,0%ini tashkil etadi. AQShda mol-mulk 
soliqlari shtat va munitsipalitet darajasida undiriladi. Bu soliqqa 
asosan, ko‗chmas mulk va xo‗jalik uskunalari tortiladi, foyda 
ko‗rmaydigan tashkilotlarga tegishli bo‗lgan va ular tomonidan tijorat 
maqsadlarida foydalanilmaydigan mol-mulk bundan mustasno. Shu-
ningdek federal hukumat, shtatlar hukumatlari va mahalliy hokimiyat 
organlarining mol - mulki ham soliqqa tortilmaydi. 13 ta shtatda 
nomoddiy aktivlar: aksiyalar, qarz majburiyatlari va shu kabilar soliqqa 
tortiladi. Fuqarolarga tegishli bo‗lgan shaxsiy ko‗chmas mulk va ishlab 
chiqarish vositalari ham soliqqa tortiladi. Yuridik hamda jismoniy 
shaxslarning soliqqa tortiladigan mol - mulkiga 0,5dan 5,0%gacha 
miqdorda belgilangan. Bundan tashqari, munitsipalitet darajasida ham 
soliq undiriladi. Barcha mol-mulk soliqlari har qanday darajada 
daromad solig‗iga tortiladigan daromadni hisoblab chiqarishda chegiri-
ladi. Kapitaldan soliq (shtat). Shtat darajasidagi kapital solig‗ini yuri-
dik va jismoniy shaxslar daromadining 0,75%i miqdorida to‗laydilar. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin