Jismoniy shaxslar


 Jahon soliq modellari va ularning tahlili



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

10.2. Jahon soliq modellari va ularning tahlili 
Soliq tizimi xududiy tuzilmalarning tegishli byudjetlari va byud-
jetdan tashqari jamg‗armalariga soliq subyektlaridan soliq va yig‗imlar 
undirib olishdek yagona vazifasini bajaradigan, yaxlit bir butun etib 
birlashtirilgan bir xil elementlar yig‗indisi bo‗ladi. 
Har qanday davlatning soliq tizimini soliq subyektlaridan (soliq 
to‗lovchilardan) tegishli organlar undirib oladigan qonunan qabul 
qilingan soliqlar va yig‗imlarning majmui deb qarash mumkin. 
Ko‗pchilik xorijiy mamlakatlar iqtisodida davlatning yetakchilik 
roli katta ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodini 
erkin tadbirkorlik bilan davlat tomonidan iqtisodni boshqarilishi 
"birlashib ketgan" tarzda deb tavsiflash mumkin.
Davlatni asosiy boshqarish quroli bo‗lib soliq va moliya siyosati 
orqali tadbirkorlikka ta‘sir etish tushuniladi.
Rivojlangan mamlakatlar soliq tizimini ko‗p o‗xshashlik jixatlari 
bor, lekin shunga qaramasdan ular farq qiladi, ularni quyidagi turlarga 
bo‗lishimiz mumkin: 

Amerikacha model.

Yaponiya modeli.

Yevropa modeli.

Nostandart modellar.
Quyidagilarni barcha modellarning umumiy belgilari sifatida 
ko‗rsatish mumkin: 
- rivojlangan qonunchilik bazasi, vujudga keladigan munozara, 
vazifalar va vaziyatlarni hal etishning huquqiy va iqtisodiy vositalari, 
mexanizmlari va usullari; 


327 
- soliq idoralarining soliq to‗lovchilari oldida ishonchga va yuksak 
obro‗ga ega ekanligi, yuqori ish haqi, axborot bazasining yuqoriligi, 
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi; 
- vazirliklar va idoralar vazifalarining aniq chegaralab qo‗yilganligi 
va ular ishida bir-birini takrorlashning yo‗qligi; 
- hukumatning vakili bo‗lgan va uning nomidan ish olib boradigan 
soliq agentining (inspektorning) katta ahamiyatga va obro‗ga egaligi; 
- kadrlarni tahlil etish, o‗rganish, oldindan belgilash, o‗qitish, soliq 
to‗lovchilar bilan aloqalar bo‗yicha institutlarning mavjudligi; ayniqsa 
axborot bilan almashinishi sohasida moliya organlari soliq idoralarning 
va bank tizimi bilan chambarchas bog‗langanligi. Shu bilan birga bu 
modellarning har birida ularning tafovutlarini belgilab beradigan o‗ziga 
xos belgilari mavjud, bular quyidagilardan iborat: 
Amerika modeli: 
- soliq tizimining soliq to‗lovchilar tushunishi uchun murakkabligi;
- soliq tizimida juda katta boshqaruv va ijro apparatining 
mavjudligi; 
- soliq organlari markazlashuvining yo‗qligi, federal, shtat va 
shahar tizimlarini mustaqilligi; 
- naqd pul bilan ishlaydigan kichik biznesning daromadlarini 
nazorat qilishning yetarli usullari yo‗qligi; 
- noqonuniy daromad manbalari to‗g‗risida xabar beruvchi 
ko‗ngilli "Axborotchilar" keng tarmog‗ining mavjudligi.
Yaponiya modeli: 
- Moliya vazirligi nazorat ostida yagona, ancha qat‘iy 
markazlashgan moliyaviy, soliq, bank, bojxona tizimlari; 
- yuksak vatanparvarlik mamlakatga va kompaniyaga; 
- pastdan to yuqorigacha bo‗lgan boshqaruv apparati o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlarda subordinatsiya prinsipiga qat‘iy rioya qilinishi 
Yevropa modeli: 
- Yevropadagi mamlakatlar o‗rtasidagi iqtisodiy birlashishga 
doimiy intilish; 
- soliq faoliyatidagi bir xillik: yagona andozalar, yondashuvlar, 
talqin, deklaratsiyalar, ish prinsiplari.
"Noandozaviy" (moslashmagan) modellar, odatda kichik hududli 
(yoki oralarda joylashgan) davlatlarda, erkin iqtisodiy zonaga ega 
bo‗lgan davlatlarda va qator boshqa davlatlarda (Kipr, Lyuksemburg) 
amal qiladi. Ular uchun turli soliq deb ataladigan zonalar xarakterlidir.


328 
Zamonaviy soliq tizimi soliqqa tortish shakllari va usullarining 
benihoya nozikligi va qo‗llaniladigan soliqlarning o‗ta xilma - xilligi 
bilan tavsiflanadi (ayrim mamlakatlar doirasida ularning 100 ga yaqin 
ko‗rinishlari mavjud). Rivojlangan mamlakatlarning barchasi va 
rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‗pchiligi uchun ushbu tizimning 
tamoyillari va xususiyatlari umumiydir, lekin ularning bu tamoyillar va 
xususiyatlarni soliq siyosatlarida qo‗llanishlarida jiddiy farqlar bor. 
Davlat byudjeti mablag‗lari davlatning jamiyat oldidagi muhim 
vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy manbaidir. Demak, har bir 
davlat iqtisodiyoti taraqqiy etishida bevosita amalga oshirilayotgan 
byudjet-soliq siyosati hamda soliq tizimining tuzilishi bilan bog‗liqdir. 
Soliq tizimi ming yillik tarixga egadir. Bu tizimni yer yuzida 
davlatning ilk ko‗rinishlari paydo bo‗lishi bilan bog‗lanadi. Bu jarayon 
yillar davomida turli davlatda turli ko‗rinishlar va turlicha siyosat 
asosida ijro etib kelinmoqda.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin