Jismoniy shaxslar


 Amerika Qo„shma Shtatlarida jismoniy shaxslarni



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

10.3. Amerika Qo„shma Shtatlarida jismoniy shaxslarni
soliqqa tortish tartibi 
Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daro-
mad solig‗ining byudjet daromadlari tarkibida yetakchi o‗rin egallashi 
bir qator sabablarga bog‗liqdir. Bularning ayrimlari quyidagilardan 
iborat:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i bevosita 
daromaddan olinadigan soliq bo‗lib, soliq solinadigan daromadning 
aniq hisob-kitobi deklaratsiyalash orqali amalga oshiriladi;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i soliqqa 
tortishning klassik tamoyillariga mos keladi;

jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq investit-
siyalarga mo‗ljallanadigan moliyaviy resurslar hajmiga ta‗sir etmaydi; 

ko‗pchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarning byudjet 
daromadlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 
ulushining ortishi, aholi daromadlarining, ya‘ni soliqqa tortiladigan 
daromadning oshishiga bevosita bog‗liq bo‗ladi va boshqalar. 
Amerika Qo‗shma Shtatlari taraqqiy etgan dunyodagi eng 
rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. AQSh poytaxti Vashington 
shahri. Pul birligi AQSh dollari. Mamlakatni prezident boshqaradi. 


329 
AQShda o‗tgan asrning 80-yillarida o‗tkazilgan soliq islohotlari 
jarayonida fuqarolar daromadini soliqqa tortishda ham tub o‗zgarishlar 
yuz berdi. 1986 yilga qadar AQShda fuqarolardan daromad solig‗i 14 
ta stavkada 11 dan 50% gacha miqdorda undirilgan edi. Keyinchalik 
uchta soliq stavkasi kiritildi (15%; 28%; 33%). Bu stavkalar soliqqa 
tortiladigan daromad darajasiga bog‗liq holda qo‗llaniladi. Soliq 
stavkasining eng yuqori darajasi kamaytirilishidan tashqari, soliq 
imtiyozlarini qisqartirish orqali soliqqa tortilmaydigan eng kam 
daromad miqdori ham ko‗paytirildi.
AQSh soliq tizimi uch darajali bo‗lib, ular: federal, shtat va shahar 
soliqlariga bo‗linadi. AQSh moliya tizimining asosiy bo‗g‗ini federal, 
hukumatning byudjet mexanizmi hisoblanadi. Yirik va doimiy 
tushumga ega bo‗lgan soliqlar federal byudjetga yo‗naltiriladi. 
AQShning taxminan 70 foiz daromad va xarajatlari federal byudjet 
hissasiga to‗g‗ri keladi. Federal byudjet daromadlarining asosiy 
qismini to‗g‗ri soliqlar tashkil etadi. Shtat va mahalliy hukumat 
byudjetlariga egri soliqlar ko‗proq tushadi. Federal jami yig‗ma 
byudjetida jismoniy shaxslar daromad solig‗idan keyin ikkinchi o‗rinda 
(byudjetdagi salmog‗i bo‗yicha) ijtimoiy sug‗urta ajratmalari turadi. Bu 
ajratmalar ish beruvchi va ishchi o‗rtasida teng ikkiga bo‗linadi. 
Yig‗im stavkasi har yilgi byudjet tizimiga qarab o‗zgaradi. Stavka ish 
haqi fondining bir qismiga nisbatan qo‗llaniladi. Bu yig‗im aniq 
yo‗nalish va maqsadga ega.
Federal byudjetning asosiy qismini tashkil qiluvchi jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi.
Barcha daromadlar quyidagilardan tashkil topgan: 

ish haqi; 

tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; 

nafaqa va pul yordami; 

qimmatbaho qog‗ozlardan olingan daromadlar va boshqalar. 
Mol-mulk 
va 
qimmatbaho 
qog‗ozlarni 
sotishdan 
kelgan 
daromadlar maxsus soliq yoki shaxsiy daromad tarkibida soliqqa 
tortiladi. Bu holda jami yalpi daromaddan xarajatlar chegirib 
tashlanadi. Bu xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 

kapital aktivlarini sotib olish xarajatlari; 

yer maydoni; 


330 

ishlab-chiqarish qurollari va uskunalari; 

joriy ishlab-chiqarish xarajatlari. 
AQShda jismoniy shaxslar daromadini deklaratsiyalash jarayonida 
soliq stavkalari qo‗llashda deklaratsiya topshiruvchilar to‗rtta toifaga 
ajratiladilar: 

yolg‗iz (uylanmagan yoki oilali bo‗lmaganlar); 

oilali birgalikda (oilaviy daromadidan); 

oilali yakka holda (alohida daromadlari bo‗yicha); 

oila boshlig‗i (boshqa daromad oluvchilar oilada bo‗lmaganda).

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin