Jismoniy shaxslar


 Buyuk Britaniya soliq tizimida jismoniy shaxlarni soliqqa



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

10.4. Buyuk Britaniya soliq tizimida jismoniy shaxlarni soliqqa 
tortish mexanizmi 
Buyuk Britaniya taraqqiy etgan yevropadagi eng rivojlangan davlat 
hisoblanadi. Poytaxti London shahri. Pul birligi funt sterling. Davlat 
boshlig‗i Qirolicha, hukumatni bosh vazir boshqaradi. Buyuk Britaniya 
iqtisodiy-siyosiy jihatdan 4 mintaqaga bo‗linadi; Angliya, Uels, 
Shotlandiya va Sharqiy Irlandiya. Buyuk Britaniya Yevropadagi eng 
asosiy moliyaviy va savdo markazlaridan biri hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya soliq tizimi bilan shug‗ullanuvchi asosiy ikkita 
vazirlik va idoralar mavjud, bular: 

moliya vazirligi (H.M.Treasury). Soliq siyosati va soliqlarni 
hisoblash uslubiyati bilan shug‗ullanadi. Shuningdek, kelib tushgan 
soliqlarning xarajat qilinishini rejalashtirish va nazorat qilish bilan 
shug‗ullanadi. 

soliq yig‗imlari va bojxona xizmati (H.M.Revenue and 
Customs). Bu idora bevosita umumdavlat soliqlarini hamda bojxona 
bojlarini yig‗ish bilan shug‗ullanadi. 
Bundan tashqari, mahalliy organlar mahalliy soliqlarni yig‗ish 
bilan shug‗ullanadi. 


334 
Buyuk Britaniyada kalendar yili bilan moliya yili farq qiladi. 
Moliya yili 6 aprelda boshlanib 5 aprelda tugaydi.
10.3-jadval 
Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishdagi 
toifalanishiga qarab majburiyatlarning tasniflanishi
34
 
 
Soliq to‗lash majburiyatlari 
Buyuk Britaniyada soliqqa tortishga asos 
bo‗ladi
Rezident va domitsil 
Jami daromadlari (chet elda olgan 
daromadlari ham kiradi) 
Norezidentlar 
Buyuk Britaniya manbalaridan olingan 
daromadlar 
Kapital o‗sishidan olinadigan soliq 
bo‗yicha 
Buyuk Britaniyada soliqqa tortishga asos 
bo‗ladi 
Rezident yoki odatiy rezident va domitsil 
Jami kapital o‗sishidan (chet-eldagi 
daromadlari ham kiritiladi) 
Domitsil maqomi bo‗lmagan rezident va 
odatiy rezidentlar 
Buyuk Britaniyadagi kapital o‗sishi, chet 
eldagi kapital o‗sishi bo‗yicha o‗tkazmalar 
Norezident 
Istisnolardan tashqari holatda kapital o‗sishi 
bo‗yicha o‗tkazmalardan soliq undirilmaydi 
Meros solig‗i to‗lash bo‗yicha. 
-ushbu soliq turi bo‗yicha meros qilib 
olingan mol-mulk, meros qilib 
qoldirayotgan kishining o‗limidan 7 yil 
oldin ega bo‗lgan mol-mulkiga nisbatan 
soliqqa tortiladi. 
Soliq solinmaydigan miqdor sifatida 2008-
2009 moliya yilida 312000 funt sterling 
belgilanadi va yagona 40 foizli stavkada 
undiriladi
Domitsillar uchun 
Jami mol-mulk, jumladan, chet-eldagi mol-
mulklari ham 
Domitsil maqomiga ega bo‗lmaganlar 
Buyuk Britaniyada joylashgan mol-mulklarga 
Agar jismoniy shaxslar moliya yilida 183 kun mobaynida Buyuk 
Britaniyada yashasa, 4 yillik davrning har birida 91 kun yashasa, 
Buyuk Britaniyaga 2 yildan ortiq muddatga ko‗chib kelgan bo‗lsa, 
shuningdek, Buyuk Britaniyada uy joyga ega bo‗lsa, rezident 
maqomini olishi mumkin. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya soliq 
tizimida odatiy rezident tushunchasidan ham foydalaniladi. Odatiy 
rezident maqomini olish uchun fuqaro Buyuk Britaniyada 3 yildan 
ortiq istiqomat qilish istagini bildirgan bo‗lishi kerak. Domitsil 
(domicile) tushuncha bor, ushbu maqomga ega bo‗lishi uchun fuqaro 
34
 http://www.formationcompany.ru/article/uk_hom 


335 
Buyuk Britaniyada Buyuk Britaniyalik ota-ona oilasida tug‗ilgan 
bo‗lishi kerak yoki 16 yoshga to‗lganidan keyin Buyuk Britaniyani 
doimiy yashash joyi qilib qaror qabul qilishi kerak. Domitsil maqomi 
rezidentdan shunisi bilan farq qiladiki, rezident bir necha mamlakat-
ning rezidenti bo‗lishi mumkin, domitsil esa faqat bitta mamlakat 
rezidenti bo‗ladi (10.3-jadval). 
10.4-jadval 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin