Boj deklaratsiyasi – milliy qonunchilikning talablariga muvofiq
rasmiylashtirilgan, o‗ziga chegaradan o‗tayotgan yuklar (eksport yoki
import qilinayotgan tovarlar, yo‗lovchi yuki, uning qo‗lidagi yuki,
boyliklar va valyutalar) to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni aks ettirgan hujjat.
Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o‗tkazib yurishda asos bo‗lib
hisoblanadi.
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot – birgalikdagi faoliyat
natijasi bo‗lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Byudjetdan ajratiladigan subsidiya – davlat tomonidan muayyan
maqsadlar uchun byudjet hisobidan beriladigan pul mablag‗lari; soliq
to‗lovchiga muayyan maqsadlarga yo‗naltirish sharti bilan soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha berilgan imtiyozlar hisobiga
bo‗shaydigan mablag‗lar.
Vakolatli organlar – vakolatli organlar quyidagilardir:
1) davlat soliq xizmati organlari — O‗zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‗mitasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek‚ tumanlar,
shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;
2) bojxona organlari — O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‗mitasi,
Davlat
bojxona
qo‗mitasining
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‗yicha boshqarmalari,
bojxona komplekslari va bojxona postlari;
3) moliya organlari — O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
368
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar
hokimliklarining moliya bo‗limlari;
4) boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga
oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari quyidagilardir: