Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
Grant
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el 
hukumatiga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek‚ O‗zbekiston 
Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‗yxatga kiritilgan xalqaro va 
chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‗zbekiston Respublikasiga, 
O‗zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‗zini-o‗zi 
boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‗araz asosda 
beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‗lmagan shaxslar tomonidan O‗zbekiston Respublikasiga hamda 
O‗zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‗araz asosda beriladigan 
mol-mulk.
 
Davlat byudjeti daromadlari – 
o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 
hamda soliqsiz boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va 
boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga 
berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros 
olish, hadya etish huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul 
mablag‗lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ xorijiy 
davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-
yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan to‗lovlar; 6) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 
Davlat byudjeti – 
davlat pul mablag‗larining (shu jumladan
davlat maqsadli jamg‗armalarining) markazlashtirilgan fondi bo‗lib, 
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek‚ 
moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar 
sarfi yo‗nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Davlat ichki qarzlari – 
davlat tomonidan ichki mablag‗ni jalb 
qilish natijasida paydo bo‗lgan hukumat majburiyatlarining yig‗indisi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin