Progressiv soliqqa tortish – soliqqa tortiladigan summaning
o‗sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish
tizimi. Ular quyidagi shakllarda mavjud bo‗ladi: 1) oddiy progressiya –
daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning
o‗sishiga muvofiq o‗sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad
qismlarga bo‗linadi va ularning har biri o‗z stavkasi bo‗yicha soliqqa
tortiladi. Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi
oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo‗ladi.
Penya – fuqarolik huquqida jazo choralarining (jarimalarning)
ko‗rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‗lovlar
muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli.
Uning miqdori qonunga ko‗ra to‗lovning har bir kechiktirilgan kuni
uchun to‗lanishi lozim bo‗lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi.
Korxona tomonidan to‗langan penya summasi noishlab chiqarish
xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
Preferensiya – investitsion
va
innovatsion
xarajatlarni
moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq
imtiyozi ko‗rinishida belgilangan (o‗rnatilgan) imtiyoz, afzallik.
Regressiv soliq – soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan
soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga,
xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. Regressiv
soliqlarning yuki (og‗irligi) boylarga nisbatan kambag‗al qatlamlar
uchun og‗irroq deb sanaladi. Masalan, qo‗shilgan qiymat solig‗ini
to‗lash uchun kambag‗allar boylarga nisbatan o‗z daromadlarining
ko‗proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proporsional soliq ham
regressiv bo‗lishi mumkin.
Regressiv soliqqa tortish - soliq asosi (bazasi)ning o‗sib borishi
bilan soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish
og‗irligi daromadga teskari proporsionaldir: daromad qancha kam
bo‗lsa, soliq to‗lovchi uchun soliqning og‗irligi shuncha og‗irdir.
Hozirgi paytda qo‗shilgan qiymat solig‗ining joriy etilishi bilan egri
(bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.