Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Soliq inspeksiyalari – 
Davlat soliq qo‗mitasining yagona tizimi 
tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzilishi 
funksional belgiga ko‗ra aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli belgilar: 
mulkchilik shakli, xo‗jalik faoliyatining turi, to‗lovlar hajmi, 
soliqlarning turlari va h.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning faoliyati 


377 
ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspeksiyasi nazorati 
ostida bo‗lgan hudud uchastkalarga bo‗linadi. 
Soliq davri – 
u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza 
aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to‗lov summasi 
hisoblab chiqariladigan davrdir. 
Soliq majburiyati – 
soliq to‗lovchining soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati 
deb e‘tirof etiladi. 
Soliq stavkasi – 
soliqqa tortish birligiga to‗g‗ri keluvchi soliqning 
hajmi (miqdori, darajasi). Qat‘iy soliq stavkalari daromadlarga bog‗liq 
bo‗lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan qat‘iy summalarda 
o‗rnatiladi. 
Soliq tizimi - 
mamlakat doirasida (hududida) to‗lovlardan (yuridik 
va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, 
yig‗imlar va boshqa to‗lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakli 
va uslublari yig‗indisi.
Soliq qonunchiligi – 
davlatda soliqlarning turi, ularni undirish 
mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‗zgarishi va 
to‗xtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me‘yorlar yig‗indisi; 
moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi. 
Soliq to„lovlari – 
soliq qonunchiligi bo‗yicha belgilangan tartibda 
va muddatda soliq to‗lovchilar tomonidan to‗lanadigan, hisoblangan 
yoki qat‘iylashtirilgan summalardir. Ularni hisoblash tartibi har bir 
soliq turi bo‗yicha qonunga binoan aniqlanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin