Moliyaviy sanksiyalar – soliqqa oid huquqbuzarlik uchun
javobgarlik chorasi bo‗lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida
qo‗llaniladi.
Notijorat tashkilotlari – foyda olishni faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‗z qatnashchilari
(a‘zolari) o‗rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji – s oliq
to‗lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji
xronometraj o‗tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul
tushumini aniqlash maqsadida o‗tkaziladi.
Ortiqcha to„lovlar – to‗lovning byudjetga tushgan ortiqcha
summasi. Odatda soliq to‗lovchining boshqa to‗lovlar bo‗yicha mavjud
bo‗lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‗g‗risida
unga ma‘lum qilinadi yoki moliya organining qarori nusxasi va
bankning tegishli ko‗chirmasi asosida soliq to‗lovchiga qaytariladi.
Oila a‟zolari – er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar
va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
Operativ ijara – moliyaviy ijara shartnomasi bo‗lmagan mulkiy
ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik
qilish va foydalanishga berish
Progressiv soliq – soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq
stavkasining ko‗tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida
eng ko‗p uchraydigani jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan
soliqdir.
Proporsional soliq – soliq shaklida olinishi mumkin bo‗lgan
summa soliqqa tortish bazasining o‗lchamiga (miqdoriga, hajmiga)
proporsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi.
Proporsional soliqqa tortish – soliqning stavkasi soliq to‗lovchi
daromadining hajmiga bog‗liq bo‗lmagan holda uning daromadiga
nisbatan foizda o‗rnatiladi (foyda solig‗i).