371
Dividendlar
– aksiyalar bo‗yicha to‗lanishi lozim bo‗lgan
daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‗rtasida
(ishtirokchilari, a‘zolari o‗rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari
bo‗yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o‗tgan yillardagi
taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-
mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek‚ muassis (ishtirokchi, a‘zo)
tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini)
olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a‘zo) ustav fondiga
(ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati
chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini)
ko‗paytirish
uchun
yo‗naltirilgan
taqdirda,
yuridik
shaxs
aksiyadorining,
muassisining
(ishtirokchisining,
a‘zosining)
qo‗shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi,
ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari
Ikkiyoqlama soliqqa tortish
– 1. Turli soliqlarni daromad
(kapital)ning yagona manbaidan olinishi; 2. Qo‗shma korxona xorijiy
ishtirokchisining foydasini xorijga o‗tkazilayotgan paytda soliqqa
tortish va xuddi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa
tortilishi; 3. Sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) va undan
to‗lanadigan dividendlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan
paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‗langan soliqlarni bu
mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish
manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo‗li
bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979-yilda BMT
tomonidan manfaatdor davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarda ikki marta
soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konvensiya ishlab
chiqilgan bo‗lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi.
Ular tomonidan o‗rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‗ra qo‗shma
korxona xorijiy ishtirokchisi o‗z foydasini xorijga o‗tkazayotgan
paytda qo‗shimcha soliqdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: