378
Soliq nazorati
– soliq to‗lovchilarni, soliq solish obyektlarini va
soliq solish bilan bog‗liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek‚
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning
yagona tizimi.
Soliq to„lovchilar –
Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy
shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‗linmalaridir.
Soliq agentlari
– Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‗lovchidan
ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga
o‗tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to„lovchining vakillari
– qonunga yoki ta‘sis hujjatiga
muvofiq soliq to‗lovchining vakili bo‗lishga vakolatli shaxslardir.
Soliqqa tortish obyektlari –
qonunga muvofiq foyda (daromad),
ma‘lum bir tovarlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki,
mol-mulkni berish, (meros, taqdim etish), qimmatbaho qog‗ozlar
bo‗yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan
iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan
belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa
tortilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: