Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Soliq tushumlari – 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari 
qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to‗lovlarga mo‗ljallangan 
qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-
kitob raqamiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan 
soliq to‗lovlari va moliyaviy sanksiyalar. 
Soliq hisoboti
– soliq to‗lovchining soliq va boshqa majburiy 
to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha 
hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚ hisob-
kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan 
hujjati bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan 
shaklda tuziladi. 


378 
Soliq nazorati
– soliq to‗lovchilarni, soliq solish obyektlarini va 
soliq solish bilan bog‗liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek‚ 
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning 
yagona tizimi. 
Soliq to„lovchilar – 
Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy 
shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‗linmalaridir. 
Soliq agentlari
– Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‗lovchidan 
ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga 
o‗tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. 
Soliq to„lovchining vakillari
– qonunga yoki ta‘sis hujjatiga 
muvofiq soliq to‗lovchining vakili bo‗lishga vakolatli shaxslardir. 
Soliqqa tortish obyektlari – 
qonunga muvofiq foyda (daromad), 
ma‘lum bir tovarlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki
mol-mulkni berish, (meros, taqdim etish), qimmatbaho qog‗ozlar 
bo‗yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan 
iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan 
belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa 
tortilishi mumkin.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin