Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Real soliq – 
soliq to‗lovchining ayrim mulklarini soliqqa 
tortadigan to‗g‗ri soliqlardan iboratdir. 
Rezidentlar – 
O‗zbekiston Respublikasining rezidenti deb 
quyidagilar e‘tirof etiladi:

O‗zbekiston Respublikasida davlat ro‗yxatidan o‗tgan yuridik 
shaxs;


376 

O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy 
soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‗n ikki 
oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat 
O‗zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs. 
Respublika byudjeti – 
Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi 
tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‗lib, unda 
daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya 
yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar sarfi 
yo‗nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Realizatsiya qilish
– sotish, ayirboshlash, beg‗araz berish 
maqsadida tovarlarni jo‗natish (topshirish), ishlarni bajarish va 
xizmatlar ko‗rsatish, shuningdek‚ garovga qo‗yilgan tovarlarga bo‗lgan 
mulk huquqini garovga qo‗yuvchi tomonidan garovga oluvchiga 
topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar 
ko‗rsatilganligi to‗g‗risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‗natilganligini 
(topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‗rsatilganligini 
tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya 
qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir;
Royalti
– quyidagilar uchun har qanday turdagi to‗lovlar:

fan, adabiyot va san‘at asarlaridan, shu jumladan elektron-
hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda 
turdosh huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan 
foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun;

sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‗rsatish 
belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy 
formula yoki jarayonga bo‗lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan 
(guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli 
axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun; 
Soliqlar – 
Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‗araz 
xususiyatga ega bo‗lgan, byudjetga yo‗naltiriladigan majburiy pul 
to‗lovlari. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin