Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Moliyaviy sanksiyalar
– soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 
javobgarlik chorasi bo‗lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida 
qo‗llaniladi. 
Notijorat tashkilotlari
– foyda olishni faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‗z qatnashchilari 
(a‘zolari) o‗rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar. 
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji – s
oliq 
to‗lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji 
xronometraj o‗tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul 
tushumini aniqlash maqsadida o‗tkaziladi.
 
Ortiqcha to„lovlar – 
to‗lovning byudjetga tushgan ortiqcha 
summasi. Odatda soliq to‗lovchining boshqa to‗lovlar bo‗yicha mavjud 
bo‗lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‗g‗risida 
unga ma‘lum qilinadi yoki moliya organining qarori nusxasi va 
bankning tegishli ko‗chirmasi asosida soliq to‗lovchiga qaytariladi. 
Oila a‟zolari
– er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar 
va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
Operativ ijara
– moliyaviy ijara shartnomasi bo‗lmagan mulkiy 
ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik 
qilish va foydalanishga berish 
Progressiv soliq – 
soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq 
stavkasining ko‗tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida 
eng ko‗p uchraydigani jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan 
soliqdir.
Proporsional soliq – 
soliq shaklida olinishi mumkin bo‗lgan 
summa soliqqa tortish bazasining o‗lchamiga (miqdoriga, hajmiga) 
proporsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi. 
Proporsional soliqqa tortish – 
soliqning stavkasi soliq to‗lovchi 
daromadining hajmiga bog‗liq bo‗lmagan holda uning daromadiga 
nisbatan foizda o‗rnatiladi (foyda solig‗i).


375 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin